Trafik hisoblanmaydigan resurslar röyxatida ChatGPT, Claude, Perplexity, DeepSeek va boşqa xizmatlarning veb-saytlari hamda mobil ilovalari mavjud. Yangi tarif zamonaviy texnologiyalardan öqiş, iş, ijodiy faoliyat va özini rivojlantirişda faol foydalanadiganlar uçun işlab çiqilgan.
bAIram tarifining işga tuşirilişi Özbekistonda foydalanuvçilarning raqamli odatlaridagi özgarişlar va sun’iy intellekt (SI) hamda neyrotarmoq texnologiyalariga qiziqişning ortişiga javob böldi. Masalan, ChatGPT mamlakatdagi eng köp yuklab olingan ilovalar uçligiga kirdi: Google Playʼda birinçi, App Store’da esa ikkinçi örinda*. SI vositalari nafaqat iş jarayonida, balki şaxsiy hayotdagi kundalik vazifalarda ham faol qöllanmoqda. Beeline Uzbekistan sun’iy intellekt texnologiyalarini öz faoliyatida ham qöllaydi: neyrotarmoqlar tarmoq yuklamasini modellaştiriş va yangi baza stansiyalarini örnatiş uçun optimal joylarni tanlaşda işlatiladi.
SI yeçimlari tobora köproq kundalik işlarni avtomatlaştiriş, ma’lumot izlaş, matn yaratiş, ma’lumotlarni tahlil qiliş va şaxsiy unumdorlikni oşiriş uçun işlatilmoqda. Global SI platformalariga kiriş imkoniyatining kengayişi hamda neyrotarmoq yeçimlaridan foydalanuvçilar sonining ortişi raqamli iste’molning yangi turini şakllantirmoqda.
“Biz sun’iy intellekt texnologiyalari kundalik hayotning bir qismiga aylanganini kuzatyapmiz — odamlar undan öqiş, iş, muloqot va rivojlaniş uçun foydalanmoqda. SI endi yangilik emas: bu real vosita, undan foydalaniş esa oddiy va hamyonbop bölişi kerak. Tarmoğimizda sun’iy intellekt xizmatlariga töğri keladigan trafik uluşi tobora ösib borayotganiga guvoh bölmoqdamiz. Şuning uçun biz bAIram tarifini taqdim etdik — har bir foydalanuvçi SIdan heç qanday çeklovlarsiz va ortiqça xarajatlarsiz foydalana olişi uçun. Biz ilğor texnologiyalarni Özbekistonning har bir aholisiga taqdim etişni maqsad qilganmiz”, - dedi Beeline Uzbekistan tijorat direktori Maksim Yefremov.
Statistika bu tendensiyani tasdiqlaydi: 2025 yil iyun oyida ChatGPT Özbekistonda eng maşhur veb-saytlar orasida uçinçi örinni egalladi, yil davomida taşriflar soni 1200 foizdan ortiq ösib, 7,17 millionga yetdi**. Şuningdek, mamlakatdagi işçi mutaxassislarning 64 foizi SI vositalaridan foydalanadi, ulardan 22 foizi esa ularni har kungi vazifalarining bir qismi sifatida qöllaydi***. Bunday şaroitda SI resurslaridan trafik çeklovisiz foydalanişga imkon beruvçi qulay va tejamkor yeçimlarga talab oşmoqda.
bAIram tarifi tölovi oyiga 60 000 söm bölib, 60 GB internet-trafik, tarmoq içida çeksiz qönğiroqlar, şuningdek, Instagram va Facebook uçun çeksiz internetni öz içiga oladi. Paket tarkibida KINOM, Setanta Spors va riitm raqamli xizmatlariga obunalar mavjud. Bundan taşqari, Beepul ilovasi orqali oyiga 20 million sömgaça komissiyasiz pul ötkazmalari amalga oşiriş mumkin. bAIram tarifiga bepul ötiş oylik tölovi bAIram tarifiga teng yoki undan past bölgan Multi Plus, Bemalol, Erkin, Yana bitta, Hammasi ZÖR 1, Yashin va












