Telekommunikatsiya sohasi mutaxassislari tomonidan tadqiqotlari yuqori baholangan Opensignal kompaniyasi öziga xos yondaşuvdan foydalanadi: ma’lumotlar maşhur ilovalarga (ijtimoiy tarmoqlar, öyinlar va x.k.) örnatilgan SDK yordamida avtomatik tarzda töplanadi, bu esa bunday ilovalarning foydalanuvçi harakatlari ta’sirini bartaraf etadi. Sinovlar 24/7 rejimida ötkaziladi va yuklab oliş tezligidan tortib videostriming, ovozli qönğiroqlar va mobil öyinlargaça bölgan barça onlayn ssenariylarni qamrab oladi. Özbekistonda har oyda millionlab ölçovlar, şu jumladan, tarmoq qamrovi va signal sifatining fon körsatkiçlari tahlil qilinadi.
Opensignal’ning "Özbekiston: mintaqaviy pozitsiya va operator tajribasi — 2025 yil sentabr" hisobotiga köra, Beeline Uzbekistan mamlakatdagi eng yuqori örtaça yuklab oliş tezligini ta’minlaydi — 20,2 Mbit/s.
Beeline Uzbekistan, şuningdek, mamlakatdagi eng barqaror tarmoqni taqdim etadi. Barqaror sifat körsatkiçi ötkazuvçanlik qobiliyati, keçikiş, tebraniş, paket yöqotilişi va birinçi baytgaça bölgan vaqt kabi asosiy parametrlar böyiça foydalanuvçi tajribasini aks ettiradi.
Upload Speed Experience böyiça Beeline Uzbekistan Özbekistondagi yana ikkita yetakçi operator bilan birinçi örinni egalladi, ularning barçasi 5,8-6,6 Mbit/s oraliğida statistik jihatdan taqqoslanadigan natijalarga erişdi. Uşbu körsatkiçlar foydalanuvçilar uçun kundalik voqelikni aks ettiradi — yuklaş va yuklab oliş samaradorligidan tortib, aloqa sifati va video platformalar, onlayn öyinlar va videoqönğiroqlar kabi talabçan ilovalardan qulay foydalaniş qobiliyatigaça.
Opensignal boş direktori Çarlz Rutşteyn şunday dedi: "Beeline Uzbekistan’ning "Eng tezkor mobil tarmoq" va "Eng barqaror sifatli tarmoq" böyiça ğalabasi Özbekiston foydalanuvçilari uçun mobil tarmoq sifatini yaxşilaşga bölgan aniq intilişni körsatmoqda. Bu yutuq Opensignal mustaqil metodologiyasi bilan tasdiqlangan. Ularning sa’y-harakatlarini e’tirof etişdan mamnunmiz".
Opensignal Awards rasmiy taqdirlaş marosimi 2025 yil 23 sentabr kuni Toşkentda ICT Week Uzbekistan haftaligi doirasida bölib ötadi.
"Uşbu nufuzli nominatsiyalardagi ğalabalarimiz tarmoqni rivojlantiriş va modernizatsiya qilişga yönaltirilgan keng kölamli investitsiyalarning bevosita natijasidir. 2024 yil boşidan buyon Beeline Uzbekistan 5 850 dan ortiq baza stansiyalarini qurdi va yangiladi, bu esa butun mamlakat böylab tezlik va barqarorlikni sezilarli darajada oşirdi. Bugungi kunda mijozlarimiz har qaçongidan ham köproq internetdan foydalanmoqda: 2025 yil iyul oyida har bir internet foydalanuvçisi uçun örtaça oylik foydalaniş hajmi 24 GB ga yetdi — bu ötgan yilga nisbatan 52% ga köpdir. Uşbu investitsiyalar bevosita xizmatlarimiz sifati va biz taqdim etadigan raqamli tajribani oşiradi












