Ookla hisobotlari Speedtest ilovasi orqali doimiy va mobil foydalanuvçilar tomonidan har kuni ötkaziladigan millionlab testlarga asoslanadi. Kompaniya, şuningdek, tarmoq sifati, signal kuçi, video uzatiş, öyinlar va veb sahifalarni oçişda real şaroitlarda tarmoq işlaşini aks ettiruvçi milliardlab fon ölçovlarini qayta işlaydi. Uşbu keng qamrovli tahlil har bir bozorda aloqa sifatining obektiv suratini şakllantiradi hamda milliy operatorlar reytingi va nufuzli Speedtest Awards mukofoti uçun asos bölib xizmat qiladi.

Özbekiston Respublikasida yilning birinçi yarmida Beeline Uzbekistan foydalanuvçilarning mobil qurilmalarda videoni ijro etiş sifati va tezligi böyiça yetakçilikni namoyiş etdi. Hisobotga muvofiq, Beeline Uzbekistan mamlakatdagi mobil operatorlar orasida eng yuqori video striming körsatkiçiga erişib, 69,56 ball töpladi.

"Eng sifatli mobil video" nominatsiyasi – Ookla reytingidagi asosiy yönalişlardan biri. Videokontent telekommunikatsiya kompaniyalari mijozlari hayotida muhim örin tutadi va uning maşhurligi tobora ortib bormoqda. Beeline Uzbekistan tarmoğida video xizmatlarning umumiy trafikdagi uluşi 70,6 foizga yetdi. Videokontentga ortib borayotgan qiziqişga javoban operator filmlar, seriallar va telekanallarni taqdim etuvçi KINOM hamda yirik xalqaro musobaqalarni namoyiş etadigan Setanta Spors xizmatlari orqali köngiloçar ekotizimni rivojlantirmoqda.

— Biz video xizmatlar segmentini rivojlantirişni davom ettiramiz. "Eng sifatli mobil video" nominatsiyasidagi ğalabamiz munosabati bilan narxni oşirmagan holda YouTube uçun qöşimça trafikka ega yangilangan internet-paketlarni joriy etmoqdamiz. Sifatli videokontent har bir foydalanuvçi uçun yanada hamyonbop böladi, - dedi Beeline Uzbekistan boş direktori Andrey Pyataxin.

— Beeline Uzbekistan’ni 2025 yilning birinçi yarmida Özbekistondagi eng sifatli mobil video uçun Ookla® Speedtest AwardTM mukofotini olgani bilan tabriklaymiz. Beeline Uzbekistan ilk bor uşbu mukofotni 2022 yilning birinçi yarmida qölga kiritgan edi. Takroriy e’tirof Beeline Uzbekistan’ning öz mijozlariga yuqori sifatli video tajribasini taqdim etişga sodiqligini aks ettiradi, - dedi  "Ziff Davis" tarkibidagi "Ookla" kompaniyasi prezidenti va boş ijroçi direktori Stiven Bey.

Ookla haqida

Aloqa tahlili böyiça global yetakçi hisoblangan Ookla özining işonçli brendlari — Speedtest®, Downdetector®, Ekahau® va RootMetrics® tajribasini birlaştirib, tarmoq va aloqa böyiça tengsiz ma’lumotlarni taqdim etadi. Köp manbali ma’lumotlarni sohadagi yetakçi tajriba bilan uyğunlaştirib, biz tarmoq işlaş körsatkiçlarini strategik va amaliy tuşunçalarga aylantiramiz.