Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Talabalarning stipendiyalari hafta yakunigacha to‘lab beriladi – vazirlik
Oliy ta’lim vazirligi ayrim oliygohlarda talabalarga stipendiya to‘lovlari o‘z vaqtida to‘lanmayotgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi: bunga buyruqlarni rasmiylashtirish va plastik kartalar ochish jarayoni kechikkani sabab bo‘lgan. Vazirlik joriy hafta yakunigacha to‘lovlar amalga oshirilishini ma’lum qildi.
Foto: Kun.uz
Ijtimoiy tarmoqlarda ayrim oliy ta’lim muassasalari talabalariga stipendiya to‘lovlari o‘z vaqtida to‘lanmayotgani haqida xabarlar tarqalgandi. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi holat yuzasidan munosabat bildirdi.
Xabarda aytilishicha, barcha OTMlarda yuqori kurs talabalariga stipendiyalar to‘lab berilgan. Tarmoqda tarqalgan xabarlar ayrim oliygohlar, xususan, O‘zbekiston Milliy universiteti, San’at va madaniyat instituti, Toshkent davlat agrar universiteti va Samarqand davlat tibbiyot universitetining 1-bosqich talabalari bilan bog‘liq.
Vazirlik ularga stipendiya tayinlash bo‘yicha tegishli buyruqlarni rasmiylashtirish va bank plastik kartalarini ochish jarayoni kechikkani sababli to‘lovlar amalga oshirilmasdan qolganini bildirdi.
«Hozirda mazkur buyruqlar to‘liq rasmiylashtirilmoqda va barcha oliy ta’lim muassasalari talabalariga stipendiya to‘lovlari joriy hafta yakuniga qadar amalga oshiriladi», – deya tushuntirdi tashkilot.
Mavzuga oid
14:23 / 13.09.2025
O‘zbekistonlik o‘qituvchi va talabalar Xitoy stipendiyasi bilan ta’minlanadi
11:28 / 03.06.2025
Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar 10 foizga oshiriladi
16:09 / 13.05.2025
«El-yurt umidi» prezident stipendiyasi joriy etiladi
12:08 / 25.04.2024