«Iqtidorli mutaxassislarning xorijda ta’lim olişini qöllab-quvvatlaş, ularda kasbiy könikmalarini rivojlantiriş va rağbatlantirişga oid qöşimça çora tadbirlar töğrisida»gi prezident farmoni qabul qilindi.

Farmonga köra, bakalavriat, magistratura va doktorantura dasturlari böyiça ta’lim oliş uçun eng munosib nomzodlarni saralaş maqsadida prezidentning «El-yurt umidi» stipendiyasi joriy etiladi.

«El-yurt umidi» stipendiyasi egalari oçiq tanlov asosida test sinovlari va suhbat ötkaziş orqali aniqlanadi. Test sinovlarida nomzodlarning intellektual, tahlil qiliş va kreativlik qobiliyatlari, psixologik barqarorligi baholanadi.

Bakalavriat böyiça hamda magistratura va doktorantura böyiça xalqaro reyting taşkilotlarining global reytingi natijalariga köra:

- birinçi yuztalikka kiritilgan xorijiy oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari ta’lim dasturlari böyiça öqiş xarajatlari (tuition fee) töliq qoplanadigan grant asosida qabul qilingan nomzodlarga «El-yurt umidi» jamğarmasi stipendiyalari tanlovlarsiz ajratiladi;

- birinçi uç yuztalikka kiritilgan xorijiy oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalariga qabul qilingan nomzodlarga xalqaro transport va turarjoy xarajatlari uçun «El-yurt umidi» jamğarmasi stipendiyalari tanlovlarsiz ajratiladi;

- birinçi yigirmatalikka kiritilgan xorijiy oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim dasturlari böyiça öqiş xarajatlari (tuition fee) kamida 50 foiz qoplanadigan grant asosida qabul qilingan Prezident, ijod va ixtisoslaştirilgan maktablari bitiruvçilariga «El-yurt umidi» jamğarmasi stipendiyalari tanlovlarsiz ajratiladi.