Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonlik o‘qituvchi va talabalar Xitoy stipendiyasi bilan ta’minlanadi
Xitoyning Lookwe jurnalida "O‘zbekiston va Xitoy: hamkorlikni chuqurlashtirish va Ipak yo‘li merosini qayta tiklash" sarlavhali maqola chop etildi.
Nashrda ta’kidlanishicha, bugungi kunda O‘zbekiston va Xitoy "Ipak yo‘li merosi" loyihasi doirasida madaniy hamkorlikni chuqurlashtirmoqda. O‘zbekistonning Samarqand, Buxoro kabi shaharlari va Xitoy shaharlari o‘rtasida muntazam ravishda anjumanlar, ko‘rgazmalar, san’at festivallari o‘tkazib kelinmoqda. "Bir makon, bir yo‘l" tashabbusi madaniy diplomatiya va turizmni rivojlantirishga kuchli turtki berdi.
"O‘tgan yillar davomida ikki davlat o‘zaro munosabatlarni 2013 yilda Strategik sheriklikni chuqurlashtirish to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiya va 2016 yilda imzolangan o‘zaro anglashuv memorandumi kabi qator kelishuvlar orqali yanada mustahkamladi. 2023 yilda 2023-2027 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik rejasi imzolandi", – deyilgan maqolada.
2025 yil "Xitoyda O‘zbekiston turizmi yili" deb e’lon qilindi va O‘zbekiston o‘zining madaniy va sayyohlik salohiyatini to‘liq namoyish etish uchun Guanchjou xalqaro sayyohlik yarmarkasi kabi yirik ko‘rgazmalar faol ishtirok etmoqda.
Istiqboldagi rejalar orasida 2026-2030 yillarga mo‘ljallangan madaniy hamkorlik rejasini ishlab chiqish, o‘zbekistonlik o‘qituvchi va talabalarni Xitoy stipendiyasi bilan ta’minlash, har ikki davlatda madaniyat haftaliklarini tashkil etish, madaniy merosni asrab-avaylash, san’at va ta’lim sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan.
Mavzuga oid
11:33 / 10.06.2026
Pedagogika talabalari uchun tashqi diagnostika joriy etiladi
22:49 / 30.05.2026
“Armiya himoyasidagi” pedagoglar va kichik biznes uchun soliq islohoti - hafta dayjesti
16:49 / 30.05.2026
“Bolaga hatto ota-onaning kuchi yetmayapti” - maktablardagi intizom haqida suhbat
17:27 / 29.05.2026