Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xususiy tadbirkorlar yuridik shaxs tashkil etmasdan shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari qisqaradi
Foto: Depositphotos
Xususiy tadbirkorlar yuridik shaxs tashkil etmasdan shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxatini qisqartirish taklif etilmoqda.
Norma’ning yozishicha, loyihada ro‘yxatdan «Shisha idishlar va ikkilamchi xomashyoni qabul qilish xizmatlari (metall chiqindilaridan tashqari)» pozitsiyasini chiqarib tashlamoqchilar. Ya'ni Davlat ekologiya qo‘mitasining (loyihani ishlab chiquvchi) tashabbusi ma'qullansa, xususiy tadbirkorlar shisha idishlar va ikkilamchi xomashyoni qabul qilish bilan shug‘ullana olmaydilar.
Biroq o‘tish davri – 3 oy nazarda tutilmoqda, bu vaqt davomida mazkur faoliyat turini amalga oshiradigan barcha xususiy tadbirkorlar yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. Davlat xizmatlari markazlari bunda ularga yordam beradilar.
Eslatib o‘tamiz, 2019 yil 1 yanvardan Ro‘yxatga ko‘p o‘zgartirishlar kiritildi. Xususan, ilgari xususiy tadbirkorlar amalga oshirishiga ruxsat berilgan bir qator faoliyat turlari undan chiqarib tashlandi.
Loyiha o‘zgartirilishi, unga qo‘shimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.
Mavzuga oid
11:13 / 17.11.2025
YaTTlarning firma nomiga ega bo‘la bo‘lishiga ruxsat beriladi
10:12 / 17.11.2025
1 yanvardan “Biznesni 15 daqiqada boshlash” tizimi ishga tushadi
15:14 / 03.11.2025
Energetiklarning xatosi tufayli tadbirkorga qariyb 1,1 mlrd so‘m ortiqcha to‘lov hisoblandi
13:12 / 01.11.2025