Özbekistonda tadbirkorlarni davlat röyxatidan ötkaziş jarayoni soddalaştiriladi. Bu haqda prezident farmoni qabul qilindi.
2026 yil 1 yanvardan e’tiboran “Biznesni 15 daqiqada boşlaş” tamoyili joriy etilib, öz biznesini röyxatdan ötkazayotgan tadbirkorlarga şu vaqtning özida birvarakayiga quyidagi xizmatlar ham taklif etiladi:
- elektron raqamli imzo kalitini beriş;
- bank hisobvaraqlarini oçişga ariza topşiriş va ularni faollaştiriş;
- ayrim faoliyat turlari böyiça litsenziya va ruxsatnoma oliş uçun ariza yoki xabarnoma yuboriş;
- köçmas mulk ijara şartnomasini rasmiylaştiriş;
- qöşilgan qiymat soliği (QQS) tölovçisi guvohnomasini oliş;
- onlayn nazorat-kassa maşinalarini masofadan turib sotib oliş va ularni soliq organlarida onlayn tarzda röyxatdan ötkaziş;
- yuridik şaxs rahbarini tayinlaş va uni “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida hisobga qöyiş.
Bu xizmatlardan foydalaniş tadbirkor uçun ixtiyoriy böladi. Tanlangan xizmatlar böyiça yagona QR kod orqali tölovni amalga oşiriş imkoniyati yaratiladi.












