Elektr energiyasi uçun 1 mlrd sömdan ortiq asossiz hisoblangan daromadni iste’molçiga qayta hisob-kitob qiliş töğrisida körsatma berildi, deya xabar berdi Raqobat qömitasi.

Toşkent şahrida aloqa sohasida faoliyat olib borayotgan xöjalik yurituvçi sub’yekt «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ va uning «Energiyasavdo» filiali harakatlaridan norozi bölib qömitaga murojaat qilgan.

Olib borilgan örganişlar davomida, hisobga oliş uskunasi hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan ulangan bölişiga qaramay, undagi ikkilamçi zanjirlari almaşib ulab qöyilgani, mazkur texnik xatolik uçun iste’molçiga oxirgi uç yil uçun 1 mlrd sömdan ortiq qöşimça tölov hisoblangani, texnik xatolik masalasi yangi elektr energiyasidan foydalaniş qoidalarida nazarda tutilib, eski tahrirdagi qoidalarda qayd etilmagani, şuningdek, mazkur hisoblagiçga töğri ulangan subiste’molçining hisoblagiç körsatkiçlari çegirib taşlanmasdan hisoblangani aniqlangan.

Ma’lumot uçun, «Raqobat töğrisida»gi qonunning 18-moddasiga asosan ustun mavqega ega bölgan xöjalik yurituvçi sub’yektning pirovard natijada raqobatni çeklaşga va (yoki) iste’molçilarning, boşqa xöjalik yurituvçi sub’yektlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini kamsitişga olib keladigan harakatlari, şu jumladan, belgilangan narxlardan ortiqça haq oliş ustun mavqeni suiiste’mol qiliş deb e’tirof etiladi hamda taqiqlanadi.

Yuqoridagilarga asosan, qömita hududiy boşqarmasi maxsus komissiyasi tomonidan «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ va uning «Energiyasavdo» filialiga nisbatan «Raqobat töğrisida»gi qonun talablari buzilişi yuzasidan iş qözğatilib, işni körib çiqiş yakunlari böyiça iste’molçiga asossiz hisoblangan 1 mlrd 97 mln sömni qayta-hisob-kitob qiliş hamda uşbu qonunbuziliş holatini bartaraf etiş va kelgusida yöl qöymaslik, şuningdek, ta’minotçining elektr energiyasidan foydalaniş qoidalari talablariga amal qilinganiga baho beriş maqsadida tegişli hujjatlarni huquqni muhofaza qiluvçi organga yuboriş töğrisida qaror çiqarilib, körsatma berilgan.