Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namanganda Shangan kichik yuk avtomobillari ishlab chiqariladi
“Namangan” erkin iqtisodiy zonasida Shangan brendi ostida kichik yuk avtomobillari ishlab chiqariladi.
Foto: Namangan viloyati hokimligi
Chust tumani hududida joylashgan “Namangan” erkin iqtisodiy zonasida Xitoyning Shangan brendi ostida kichik yuk avtomobillari ishlab chiqarish loyihasi boshlandi.
Viloyat hokimligi xabariga ko‘ra, Xitoyning Shangan brendiga mansub kichik yuk avtomobillarini ishlab chiqarish “Xorijdagi vatandoshlar” loyihasi doirasida amalga oshiriladi. Ishlab chiqarishga so‘nggi 10 yil davomida BAAning Ajman shahrida istiqomat qilib kelayotgan asli namanganlik tadbirkor Jobirxon Homidov tomonidan 800 ming dollar, 2 million dollar xorijiy investorlar ulushi va 3 million dollar bank krediti, jami 5,8 million dollar miqdorida investitsiya kiritilmoqda.



Namangan Shangan Motors MChJ tomonidan loyihaning birinchi bosqichida yiliga 1800 ta 1—1,5 tonna yuk ko‘taradigan 4 xil rusumdagi avtomobillar ishlab chiqariladi va 120 kishi ish bilan ta'minlanadi. Keyingi 3 yil davomida mahalliylashtirishni 50 foizgacha yetkazish va mahsulotning uchdan bir qismini BAA hamda Markaziy Osiyo davlatlariga eksport qilish ko‘zda tutilgan.
Tadbirkorning hisob-kitoblariga ko‘ra, O‘zbekistonning o‘zida yiliga 20 mingtagacha shunday rusumdagi avtomobillarga ehtiyoj mavjud. Yaqin va uzoq xorij bozorlari inobatga olinadigan bo‘lsa, ishlab chiqarish ko‘lamini yanada kengaytirish imkoniyatlarini chamalash mumkin bo‘ladi.
Korxonada 2021 yilning birinchi choragida ilk avtomobillar ishlab chiqarilishi boshlanishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
23:34 / 07.04.2026
Namangan va Farg‘onada mansabdor shaxslar pora olayotganida qo‘lga olindi
18:00 / 31.03.2026
Namangan viloyati salohiyati sun’iy intellekt asosida chuqur tahlil qilinadi
14:34 / 30.03.2026
Namanganda 6-sinf o‘quvchisiga jinsiy zo‘ravonlik qilgan o‘qituvchi qamoqqa olindi
11:02 / 28.03.2026