Dastlab, DXXning Farğona viloyati böyiça boşqarmasi xodimlari bojxona va içki işlar organlari bilan hamkorlikda Farğona tumanidagi xonadonlardan birini közdan keçirdi. Tekşiruv jarayonida 2000 yilda tuğilgan fuqaroga tegişli 993 gramm “gaşiş”, 212 gramm “Alfa-PVP” narkotik moddalari, şuningdek, 2728 dona “Regapen” va 458 dona “Tropikamid” kuçli ta’sir qiluvçi dori vositalari topilib, aşyoviy dalil sifatida rasmiylaştirib olindi.

Şuningdek, Namangan viloyatida DXX, içki işlar va bojxona organlari xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda “Toşkent — Namangan” yönalişida harakatlanayotgan “Spark” avtomaşinasi Çust tumani hududida töxtatildi. Tekşiruv vaqtida transport vositasida bölgan ikki nafar fuqarodan jami 1 kilogramm 127 gramm “opiy” moddasi aniqlanib, musodara qilindi.

Har ikki holat yuzasidan jinoyat işlari qözğatilgan bölib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

DXX fuqarolardan giyohvandlik vositalari savdosi bilan boğliq holatlar haqida 1520 qisqa raqami orqali xabar berişni sörab, murojaat etuvçilar şaxsi sir saqlanişini ma’lum qildi.