Jumladan, Pokistonning Associated Press of Pakistan axborot agentligi, Islamabad Post gazetasi hamda boşqa elektron naşrlarda Namangan şahrida 24 maydan 12 iyulgaça Xalqaro gullar festivali bölib ötişi haqida maqolalar çop etildi.
Naşrlarda ta’kidlanişiça, mazkur festival ilk bor 1961 yil avgust oyida gullar körgazmasi sifatida taşkil etilgan. Dastlab unda mahalliy boğbonlar va gul yetiştiruvçilar öz mahsulotlarini namoyiş qilgan.
2018 yilda festival xalqaro maqom olgaç, unga turli davlatlardan mehmonlar va iştirokçilar kela boşladi. Bugungi kunda u Özbekistonning eng yirik va maşhur madaniy tadbirlaridan biri sifatida e’tirof etilmoqda.
Pokiston OAV ma’lumotiga köra, bu yil festival 65-marotaba ötkaziladi va yubiley tadbiri sifatida keng nişonlanadi.
Manbalarda qayd etilişiça, festivalda 50 dan ortiq mamlakatdan qariyb 1 million nafar xorijiy sayyoh hamda 7 milliondan ziyod mahalliy mehmon iştirok etişi kutilmoqda.
Qariyb 50 kun davom etadigan gullar bayrami doirasida 150 dan ortiq madaniy-ma’rifiy va köngiloçar tadbirlar taşkil etiladi.
Şuningdek, bu yilgi festival eng köp gul ekiş böyiça Guinness World Records rekordlar kitobiga kiritilişi mumkinligi ham bildirilgan.
Namangandagi gullar festivali Ginnes rekordlar kitobiga kirişi mumkin
13:52 / 13.05.202618 0192 min
Namangan şahrida ötkaziladigan 65-Xalqaro gullar festivali bu yil Ginnesning rekordlar kitobiga kirişi mumkin. Pokistonning qator ommaviy axborot vositalari mazkur festival haqida materiallar e’lon qilib, tadbirning xalqaro miqyosdagi ahamiyatiga alohida e’tibor qaratdi.












