Sport | 16:39 / 06.09.2024
11928
2 daqiqa o‘qiladi

Tolibboy Yo‘ldoshev - Paralimpiada chempioni, O‘zbekiston medallar sifati bo‘yicha eng yaxshi natijasini yangiladi 

Parij Paralimpiadasida para yengil atletika bahslari davom etmoqda.

F37 klassida disk uloqtirish bo‘yicha finalda ishtirok etgan Tolibboy Yo‘ldoshev 57.28 metr natija qayd etib, oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Ushbu dasturda ishtirok etgan Qudratullaxon Ma’rufxo‘jayev esa 46.79 metr natija bilan 9-o‘rinni egalladi.

Yo‘ldoshev Parij-2024 Paralimpiadasida yadro uloqtirish bahslarida bronza medalini qo‘lga kiritgan edi.

Shu tariqa, O‘zbekiston delegatsiyasi yozgi Paralimpiya o‘yinlarida medallar sifati bo‘yicha o‘z tarixidagi eng yaxshi natijasini yangiladi. Parij shahrida XVII yozgi Paralimpiya o‘yinlari yakuniga yetmagan bo‘lsa-da, O‘zbekiston delegatsiyasi ayni paytning o‘zidayoq 9 ta oltin, 6 ta kumush va 5 ta bronza medal bilan o‘z tarixidagi eng yaxshi natijani yangilab ulgurdi. 

Eslatib o‘tamiz, vakillarimiz avvalgi turnirlarda ikki marta 8 tadan oltin medalga ega chiqishgandi.

Endilikda O‘zbekiston delegatsiyasi umumjamoa hisobida Yaponiyani quvib o‘tib, 11-o‘ringa chiqib oldi. Oltinlar soni bo‘yicha Germaniya bilan bir xil natija qayd etilmoqda.

Mavzuga oid