Buyuk Britaniya rasmiylari va terma jamoasi Rossiya va Belarus sportçilari musobaqada milliy bayroqlari ostida qatnaşişiga qarşi norozilik sifatida Italiyada bölib ötadigan Paralimpiya öyinlarining oçiliş va yopiliş marosimlarida iştirok etişdan boş tortdi. «Biz Rossiya va Belarus Ukrainaga qarşi bosqin töliq kölamda davom etayotgan bir paytda xalqaro sportda vakillik qilmasligi kerakligini aniq bildirdik», — dedi 5 mart, payşanba kuni, Italiyaning Verona şahridagi oçiliş marosimidan 24 soat oldin Buyuk Britaniya boş vaziri Kir Starmerning hukumati apparati vakili.

Bundan oldin xuddi şu sabab bilan Paralimpiada oçilişini boykot qiliş rejasi haqida Ukraina, Germaniya, Polşa, Çexiya, Niderlandiya, Kanada, Finlandiya, Estoniya va Latviya terma jamoalari ham ma’lum qilgan edi. Ukraina taşqi işlar vaziri Andrey Sibixa ham Rossiya va Belarus sportçilari sabab Paralimpiya öyinlari oçilişini boykot qilişga çaqirgan.

Italiyadagi Paralimpiya öyinlarida olti nafar rossiyalik va tört nafar belaruslik sportçi iştirok etadi. 2025 yil sentabrida Xalqaro paralimpiya qömitasi (IPC) Ukraina uruşi boşlanganidan keyin töxtatib qöyilgan Rossiya va Belarus paralimpiya qömitalari a’zoligini tikladi.

Rasman şu tufayli rossiyaliklar va belaruslar Italiyadagi Olimpiadada ham milliy bayroqlar ostida qatnaşiş imkoniyatiga ega bölgan edi. Ammo yakuniy ruxsat tegişli sport turlari böyiça xalqaro federatsiyalarga boğliq edi.

Dekabr oyida Sport arbitraj sudi (CAS) Xalqaro çanği sporti va snoubord federatsiyasi (FIS)ning rossiyalik va belaruslik sportçilarni xalqaro musobaqalarga qöymaslik haqidagi qaroriga qarşi berilgan apellyatsiyalarni qisman qanoatlantirdi. Natijada sportçi-paralimpiyaçilar neytral maqomsiz va milliy ramzlar bilan FIS musobaqalarida qatnaşiş huquqini oldi.