Ukraina hokimiyati Italiyada bölib ötadigan Paralimpiya öyinlarini siyosiy boykot qilişini e’lon qildi. Bunga sabab — rossiyalik va belaruslik sportçilarga uşbu öyinlarda öz davlatlarining bayroqlari ostida iştirok etişga ruxsat berilgani. Ukraina hukumat delegatsiyasi Paralimpiada-2026ning oçiliş marosimida va boşqa rasmiy tadbirlarda qatnaşmaydi, deb xabar qildi Ukraina sport vaziri Matvey Bedniy 18 fevral, çorşanba kuni ijtimoiy tarmoqlarda.
«Paralimpiada taşkilotçilarining qotillar va ularning şeriklariga öyinlarda milliy bayroq ostida iştirok etişga ruxsat bergan qarori ğazab uyğotadi», — deb ta’kidladi Bedniy.
Öz navbatida Ukraina taşqi işlar vaziri Andrey Sibixa X ijtimoiy tarmoğida şunday deb yozdi: «Rossiya va Belarusni milliy ramzlar ostida qöyiş haqidagi qaror oddiy haqiqatni inkor etadi: bu bayroqlar va madhiyalar tajovuz olib borayotgan, şaharlarni vayron qilayotgan va sportni propaganda quroli sifatida işlatayotgan rejimlarni ifodalaydi. Ularni şu bayroq ostida sodir etilgan jinoyatlardan ajratib bölmaydi. Bugungi Rossiyada hatto paralimpiya sporti ham Ukrainaga qarşi uruş iştirokçilarini uluğlaş uçun işlatilmoqda».
Sibixa qöşimça qilişiça, u Ukraina elçilariga xizmat qilayotgan davlatlaridagi rasmiy şaxslar bilan muzokaralar ötkazişni va agar rossiyalik hamda belarusliklarni qabul qiliş haqidagi qaror bekor qilinmasa, 6 mart kuni böladigan Paralimpiada oçiliş marosimiga bormaslikka çaqirişni topşirgan.
Avvalroq Xalqaro paralimpiya qömitasi olti nafar rossiyalik va tört nafar belaruslik sportçiga Paralimpiada-2026 musobaqalarida RF va Belarus bayroqlari ostida iştirok etişga ruxsat berilganini bildirgan edi. Bu Ukrainada uruş boşlangan 2022 yil fevraldan beri birinçi marta şunday qaror hisoblanadi.
Kiritişga asos sifatida XPQ Boş assambleyasi tomonidan ötgan yil sentabrda qabul qilingan rezolyutsiya körsatildi. U kutilmaganda Rossiyani çetlatiş qarorini bekor qildi va sportçilarga Italiyadagi Paralimpiadada öz davlat ramzlari ostida qatnaşiş imkonini berdi.
Qişki Paralimpiya öyinlari 6 martda boşlanib, 15 martgaça davom etadi. Musobaqalarni Milan, Kortina-d’Ampetsso va Val-di-Femme qabul qiladi. Rossiya va Belarus Paralimpiadalardan 2022 yilgi Pekin qişki öyinlaridan boşlab çetlatilgan edi. Italiyada hozir ötayotgan Olimpiadada esa RF va Belarus sportçilari faqat neytral maqomda va davlat ramzlarisiz qatnaşmoqda.











