13 sentabr kuni prezident Şavkat Mirziyoyev Köksaroy qarorgohida Parijdagi Paralimpiya öyinlarida Özbekiston şarafini himoya qilgan sportçilar, ularning ota-onalari va murabbiylari bilan uçraşdi.
– Siz, aziz sportçilar Fransiyaning Parij şahrida bölib ötgan 17-yozgi Paralimpiya öyinlarida rekord natijalarga erişib, mamlakatimizga mana şunday bayram ruhini olib keldingiz. Barçangizni olamşumul yutuq va natijalaringiz bilan öz nomimdan, el-yurtimiz nomidan çin yurakdan samimiy tabriklayman, – dedi davlat rahbari sözining avvalida.
Uşbu xalqaro sport anjumanida dunyoning 168 ta davlatidan 4 ming 400 ga yaqin eng kuçli va mahoratli sportçilar iştirok etgani uning nufuzi va miqyosi naqadar ulkan ekanidan dalolat beradi.
– Şu ma’noda, Paralimpiya öyinlari – bu çinakam iroda, jasorat va matonat, ezgulik va gumanizm namoyişi, desak, töğri böladi. Siz, azmu şijoatli farzandlarimiz ğoyat keskin bellaşuvlarda yuksak marralarni egallab, musobaqalarning haqiqiy qahramonlariga aylandingiz, – dedi prezident.


Özbekiston jamoasi 10 ta oltin, 9 ta kumuş, 7 ta bronza – jami 26 ta medalni qölga kiritib, umumjamoa hisobida 13-örinni, Osiyo qit’asida 3-örinni, turkiy va islom mamlakatlari hamda Mustaqil Davlatlar Hamdöstligi böyiça 1-örinni egallagani ta’kidlandi. Paralimpiya öyinlarida bunday rekord natija ilgari heç qaçon bölmagani qayd etildi.
– Bu – sizlarning tinimsiz mehnatingiz, bukilmas irodangiz, iste’dod va mahoratingiz samarasidir. Bu – yurtimizda inson qadrini amalda ta’minlaşga qaratilgan tizimli işlarimiz natijasidir. Öz Vatanini jonu dili bilan sevadigan, metin irodali, yuragida öti bor insonlargina şunday uluğ işlarga qodir böladi. Xalqimiz sizlar bilan çeksiz faxrlanadi. Katta rahmat sizlarga, – dedi davlat rahbari.
– Albatta, Paralimpiadada erişilgan har bir yutuq, har bir natija beqiyos ahamiyatga ega. Çunki tört yilda bir marta ötadigan bunday yirik xalqaro musobaqa orqali dunyo hamjamiyati har bir qatnaşçi mamlakatda insonning jismoniy va ma’naviy salohiyatini röyobga çiqarişga qanday e’tibor qaratilayotganiga baho beradi. Şu bois, sizlar tarixiy yutuqlaringiz bilan Özbekiston şa’nini, yurtimiz nufuzini yuksak bosqiçga olib çiqdingiz, desak, haqiqatni aytgan bölamiz, – dedi prezident.




















