Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hokimliklarning hujjatlari «E-qaror» tizimi orqali qabul qilinadi
“Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatiga “E-qaror” elektron tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qarori qabul qilindi.
Hujjatga ko‘ra, 2021 yil 1 iyuldan:
- barcha mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari va farmoyishlari “E-qaror” elektron tizimi orqali amalga oshiriladi;
- ushbu elektron tizimni chetlab o‘tgan holda qaror va farmoyishlarni qabul qilishga yo‘l qo‘yilmaydi;
- qarorlarning tartibga solish ta'sirini baholash elektron tizim orqali amalga oshiriladi.
Mazkur sohani tartibga solishga qaratilgan nizom tasdiqlandi.
Nizomga ko‘ra, loyiha “E-qaror” elektron tizimi orqali manfaatdor tashkilotlar bilan kelishish uchun yuboriladi.
Manfaatdor tashkilotlar loyihani 3 kun muddatda ish yurituviga qabul qiladi hamda ko‘rib chiqadi.
Loyihalar yuzasidan belgilangan muddatlarda “E-qaror” elektron tizimi orqali munosabat bildirilmagan taqdirda, loyiha kelishilgan hisoblanadi.
Adliya vazirligi:
- hujjatlar loyihalarini faqat “E-qaror” elektron tizimi orqali qabul qilinish jarayonlarining doimiy monitoringini olib boradi;
- monitoring natijalariga ko‘ra elektron tizim orqali kelishish uchun yuborilgan hujjatlar loyihalari yuzasidan manfaatdor tashkilotlarning belgilangan muddatda munosabat bildirmagan rahbar va mas'ul xodimlariga nisbatan ta'sir choralarini qo‘llaydi.
“E-qaror” elektron tizimi dastlab hukumat qarori bilan 2021 yil yanvar-may oylarida Qashqadaryo viloyatida eksperiment tariqasida sinovdan o‘tkazilishi, shuningdek 2021 yil 1 iyuldan boshlab respublikaning barcha darajadagi mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida joriy etilishi belgilangan edi.
Mavzuga oid
18:40 / 16.12.2022
Hokimlar qarorlarini shaxsan o‘zlari imzolashga majbur bo‘ladi: E-qaror'ga Face-ID funksiyasi qo‘shiladi
17:40 / 12.12.2022
Tanlovsiz shartnomalar va post-faktum tenderlar: Toshkentdagi festivallar 4 ta firmaga bo‘lib berilgan
09:41 / 03.12.2022
Jamoatchilikka “yopilayotgan” e-qaror: shaffoflik “yeng ichiga tiqib” qo‘yilmoqda
19:08 / 14.09.2022