Tanlovsiz şartnomalar va post-faktum tenderlar: Toşkentdagi festivallar 4 ta firmaga bölib berilgan
|22:40 / 12.12.202224 4449 min
Poytaxt hokimligi 6 ta festival uçun 18,2 mlrd söm sarflagan. Qator şartnomalar tendersiz tuzilgan. Qöşimça ravişda ötkazilgan tenderlar festivallar ötib bölganidan bir neça oy keyin taşkil etilgan va ularda ham töğridan töğri şartnomani olgan firmalar ğolib deb topilgan. Şahar hokimi bu festivallarga pul ajratiş haqidagi qarorlarini ommadan yaşirgan.
Gullar festivali soliq tölovçilarga 300 ming dollarga tuşgan / Foto: Kun.uzGullar festivali soliq tölovçilarga 300 ming dollarga tuşgan / Foto: Kun.uz
Toşkent şahar hokimligi 2022 yilning may-avgust oylarida ötkazilgan 6 ta tadbirga 18,2 mlrd söm mablağ ajratgan.
Bular – gullar festivali, opera festivali, san’at oyligi, taomlar festivali, musiqa festivali, muzqaymoq festivali.
Şahar hokimining bu tadbirlarga pul ajratiş haqidagi qarori avvaliga e-qaror tizimida yaşirib qöyilgan, keyinroq Adliya vazirligining bir martalik talabi bilan qaror tizimda paydo böldi.
18,2 mlrd söm mablağ tadbirlarni taşkil etiş uçun Toşkent şahar madaniyat va turizm boşqarmalariga ötkazib berilgan. Har ikki boşqarma xususiy taşkilotçi kompaniyalarni töğridan töğri tanlab olgan, festivallar bölib ötganidan bir neça oy ötib tenderlar ötkazgan. Tendersiz şartnomalarni qölga kiritgan kompaniyalar keyinroq tenderlarda ham ğolib deb topilgan.
Toşkent hokimi juda köp qarorlarini ommadan yaşiryapti
Toşkent şahar hokimining 520-14-0-Q/22 sonli qarori bilan opera festivali uçun Toşkent şahar madaniyat boş boşqarmasiga 2 mlrd söm mablağ ötkazilgan.
Bu qarorning skanerlangan nusxasi davlat xaridlari portalida bor. Lekin e-qaror tizimida yaşirib qöyilgan. Sabab esa – “uşbu hujjat mazmunida şaxsga doir ma’lumotlar, vasiylik va homiylik yoki amaldagi qonunçilikka muvofiq boşqa turdagi foydalanişi çeklangan axborot mavjudligi”.
520-sonli qaror davlat xaridlari portalida e’lon qilingan.520-sonli qaror E-qaror tizimida yaşirib qöyilgan.
2 betlik qarorni öqib çiqib, unda foydalaniş çeklangan axborot yöqligini, ya’ni yuqoridagi sababga zid ekanini köriş mumkin. Şu tariqa, hokimlar öz qarorlarini qonunçilikka zid ravişda yaşirib qöyayotgani böyiça şubhalar yana bir bor öz tasdiğini topdi.
Avvalroq Adliya vazirligining bayonotidan ma’lum bölgan ediki, hokimlar E-qaror tizimi orqali qarorlarga elektron imzo qöyayotgan paytda, bu hujjatni oçiq e’lon qiliş yoki qilmaslikni özlari hal qiladi. Bundan körinadiki, hujjatlarni tizimda yaşirib qöyiş hokimlikda işlovçi boşqa xodimlar emas, şaxsan hokimning öz taşabbusi bilan bölyapti.
Mavzuga oid
Masalan, Jahongir Ortiqxöjayev 5 dekabr kuni 12 ta qaror qabul qilgan, ammo şundan 10 tasi yuqoridagi “sabab” bilan yaşirib qöyilgan.
Jahongir Ortiqxöjayev 5 dekabr, duşanba kuni imzolagan 12 ta qaroridan 10 tasini ommaga körinmaydigan qilib qöygan.
“Tashkent Opera Fest” – 4 mlrd söm
Toşkent şahar madaniyat boşqarmasi opera festivali uçun 2022 yil 6 mayda “Profi Event” MÇJ bilan 1,1 mlrd söm, “Media Globe” MÇJ bilan 900 mln söm, 9 iyunda yana “Media Globe” MÇJ bilan 931 mln söm va 868 mln sömlik töğridan töğri şartnomalar tuzgan.
Qiziği şundaki, 3 noyabrga kelib madaniyat boşqarmasi opera festivali uçun raqs guruhlarini taşkil qilişga tender ötkazgan. Uşbu tenderda “Profi Event” MÇJ ğolib deb topilgan va qariyb 260 mln sömlik şartnoma imzolangan. May oyida ötkazib bölingan tadbir uçun noyabr oyiga kelib tender ötkazilgani e’tiborga molik.
“Tashkent Food Fest” – 1,8 mlrd söm
Madaniyat boşqarmasi taomlar festivali uçun 31 may kuni “Profi Event” MÇJga 950 mln söm va 550 mln söm mablağlarni töğridan töğri şartnoma orqali ötkazib bergan.
Festival avgust oyida bölib ötgan, lekin boşqarma festival doirasidagi bezak beriş işlari uçun 24 oktyabrdan 31 oktyabrga qadar tender ötkazgan. Tenderni “Profi Event” MÇJ yutgan va boşqarma bilan 3 noyabr kuni 301 mln sömlik şartnoma imzolagan.
“Tashkent Flower Fest” – 3,4 mlrd söm
Madaniyat boşqarmasi gullar festivali uçun 6 may kuni “Modern Celebration” MÇJ bilan 794 mln söm va 764 mln söm, 31 may kuni “Media Globe” MÇJ bilan 700 mln söm, 3 iyun kuni esa 840 mln sömlik töğridan töğri şartnomalar tuzgan.
Festival may oyida bölib ötgan bölsa-da, uning doirasidagi boşqa xizmatlar uçun 24 oktyabrdan 31 oktyabrgaça tender ötkazilgan. Tenderni “Modern Celebration” MÇJ yutgan va 3 noyabr kuni 317 mln sömlik şartnoma olgan.
“Tashkent Art Week” – 750 mln söm
Madaniyat boşqarmasi san’at haftaligi uçun 31 may kuni “Modern Celebration” MÇJ bilan 350 mln söm va 150 mln sömlik töğridan töğri şartnomalar tuzgan.
Bu festival iyun oyida ötkazilgan bölsa-da, uning doirasidagi boşqa xizmatlar uçun 24 oktyabrdan 31 oktyabrga qadar tender ötkazilgan. Unda “Modern Celebration” MÇJ ğolib deb topilgan va u 3 noyabr kuni 249 mln sömlik davlat buyurtmasini qölga kiritgan.
“Tashkent Music Fest” – 4,8 mlrd söm
Madaniyat boşqarmasi musiqa festivallari uçun 21 iyun kuni “Perfect Organizer” MÇJ bilan 950 mln söm, 880 mln söm va 570 mln sömlik töğridan töğri şartnomalar tuzgan.
Sentyabr oyida ötkazib bölingan bu tadbir doirasidagi boşqa xizmatlar uçun 24 oktyabrdan 31 oktyabrga qadar tender bölib ötgan. Tenderni “Profi Event” MÇJ yutgan va u bilan 3 noyabr kuni 1,5 mlrd sömlik şartnoma tuzilgan.
Bundan taşqari, boşqarma tadbir doirasidagi boşqa xizmatlar uçun 3 noyabrdan 11 noyabrga qadar yana bitta tender ötkazgan. Bu tenderda ham “Profi Event” MÇJ ğolib bölgan va 14 noyabr sanasi bilan 907 mln sömlik şartnoma rasmiylaştirilgan.
“Tashkent Dance Fest” – 2,3 mlrd söm
Madaniyat boşqarmasi raqs festivali uçun 6 sentabrda “Perfect Organizer” MÇJ bilan 1 mlrd sömlik töğridan töğri şartnoma tuzgan.
Sentyabr oyida ötib bölgan bu tadbir doirasidagi boşqa xizmatlar uçun 24 oktyabrdan 31 oktyabrga qadar tender ötkazilgan. Tenderni “Modern Celebration” MÇJ yutgan va boşqarma bilan 3 noyabr kuni 1,3 mlrd sömlik şartnoma imzolagan.
“MuzzDay Fest” – 1,8 mlrd söm
Toşkent şahar Turizm boşqarmasi muzqaymoq festivali uçun “Profi Event” MÇJ bilan 14 iyulda 368 mln sömlik, 25 iyulda qariyb 532 mln sömlik töğridan töğri şartnomalar tuzgan.
Festival iyul oyida bölib ötgan, lekin uning doirasidagi boşqa xizmatlar uçun 22 oktyabrdan 28 oktyabrga qadar tender ötkazilgan. Tenderni ham “Profi Event” MÇJ yutgan va 1 noyabr kuni qariyb 894 mln sömlik davlat buyurtmasi rasmiylaştirilgan.
Şu tariqa poytaxtda ötkazilgan festivallar 4 ta kompaniyaga bölib berilgan.
Ular bilan töğridan töğri şartnomalarsiz işlangan. Töğridan töğri şartnomalarga qöşimça ravişda ötkazilgan tenderlarning barçasi tadbirlar tugagandan keyin, bir neça oy ötib “taşkillaştirilgan”.
6 ta festival böyiça umumiy 18 mlrd sömlik davlat buyurtmalari bu 4 ta firma örtasida quyidagiça taqsimlangan:
Profi Event – 6,5 mlrd söm;
Media Globe – 4,2 mlrd söm;
Modern Celebration – 3,9 mlrd söm;
Perfect Organizer – 3,4 mlrd söm.
4 ta MÇJning ikkitasi 2021 yilda, ikkitasi 2022 yilda oçilgan. E’tiborlisi, ularning aksariyatida (törtta korxonadan uçtasida) korxonaning 100 foizlik ta’sisçisi bölgan şaxs uning rahbari ham hisoblanadi (uçta firmaning yuridik egalari – uç nafar alohida jismoniy şaxslar) va ular ana şu bitta firmadan taşqari boşqa heç qaysi korxonaning ta’sisçisi yoki rahbari emas.
Faqatgina Profi Event'ning yagona ta’sisçisi Abduboriyxöja Abduvosiqovning nomida boşqa firma ham bor: u “Autograph Event” xususiy korxonasining ham yagona ta’sisçisidir. Autograph savdo belgisi birmunça vaqt oldin Jahongir Ortiqxöjayevning J-United Group kompaniyasiga tegişli bölgan.
Kun.uz tenderlarsiz şartnomalar qilingani, ötkazilgan tenderlar esa post-faktum bölgani yuzasidan izoh sörab, Toşkent şahar hokimligi matbuot xizmatiga murojaat qildi. Matbuot xizmati agar savollarimiz bölsa, xat bilan çiqişimiz kerakligini bildirdi.