Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ijtimoiy tarmoqlarda MIB nomidan kelayotgan xabarlar feyk ekani aytildi
Majburiy ijro byurosi ayrim fuqarolarga ijtimoiy tarmoqlar orqali, go‘yoki byuro nomidan ijro hujjati yoki qarzdorlik haqida yuborilayotgan xabarlar soxta ekanini ma’lum qildi. Bunday xabarlarda fuqaroning ism-sharifi va hattoki pasport raqamlari keltirilayotgani ham odamlarni ishontirishga qaratilgan firibgarlik usuli ekani qayd etildi.
Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, ushbu xabarlar va ularga ilova qilinayotgan apk turidagi ilovalar firibgarlar tomonidan qurilgan tuzoq bo‘lib, ularni yuklab olish natijasida plastik kartochka ma’lumotlari va pul mablag‘lari o‘g‘irlanishi mumkin.
MIB haqiqiy ijro hujjatlari va qarzdorlik to‘g‘risidagi ma’lumotlar fuqarolarga faqat mobil SMS xabar hamda maxsus MIB info nomer orqali yuborilishini eslatdi.
Shuningdek, ijro ishi yoki qarzdorlik haqida ishonchli ma’lumot olish uchun fuqarolarga Byuroning rasmiy www.mib.uz veb-sayti va Google PlayMarket hamda AppStore'dagi rasmiy mobil ilovalaridan foydalanish tavsiya etildi.
Tashkilot fuqarolarni shaxsiy ma’lumotlarini begona shaxslardan ehtiyot qilishga, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan har qanday shubhali havola va xabarlarga ishonmaslikka chaqirdi.
Mavzuga oid
13:08 / 09.12.2025
Otasini ta’minlashdan bo‘yin tovlagan o‘g‘il 15 sutkaga qamaldi
10:06 / 27.11.2025
Aliment to‘lovchilar sug‘urta polisi orqali chet elga chiqishi mumkin bo‘ladi
18:15 / 24.11.2025
Malayziya voyaga yetmaganlar uchun ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlamoqchi
14:24 / 17.11.2025