MIB nima?

Boş prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi mas’ullariga köra:

Majburiy ijro byurosi pul yoki qarz undiriş bilan şuğullanadigan taşkilot emas. Majburiy ijro byurosi — adolatning yakuniy bosqiçini ta’minlaydigan organ. Uning faoliyati buzilgan huquq va qonuniy manfaatlarni tiklaşga hamda sud qarorlarining majburiy ijro etilişini ta’minlaşga qaratilgan. Bu — sud hujjatlarining amalda bajarilişi uçun javobgar bölgan huquqni muhofaza qiluvçi organ. Batafsil bu yerda.

MIBning vazifasi — qabul qilingan qarorning ijrosini ta’minlaş. Byuro faqat ijro hujjati rasmiylaştirilib, ijro işi qözğatilgandan söng işga kirişadi. Ungaça MIB qandaydir çeklovlar yoki majburiy ta’sir çoralarini qöllaş huquqiga ega emas.

ijro hujjati namunasi

MIB nima bilan şuğullanadi?

Byuro quyidagilar bilan şuğullanadi:

  • qarz, jarima va alimentlarni undiradi;
  • mulkka taqiq va çeklovlar qöyadi;
  • avtomobil va köçmas mulk sotuvi va rasmiylaştirilişiga çeklov qöyadi;
  • pul bilan boğliq bölmagan qarorlar ijrosini ta’minlaydi - masalan, uydan köçirib çiqariş, bino buzilişi, mulkni ötkaziş yoki işga tiklaş.

MIB jazolovçi organ hisoblanmaydi. Avvalo qarzdorga ixtiyoriy ravişda ijro etiş uçun vaqt beriladi va ijro etilmagan taqdirdagina majburiy tusdagi çoralar qöllaniladi.

Ba’zan ijro işi jarima va çeklovlar qöllamasdan ham yakunlanadi. Masalan, Mirzo Uluğbek tumanida MIB Kuba fuqarosi foydasiga aliment undiriş töğrisidagi işni körib çiqqan. Tuşuntiriş işlari davomida davlat ijroçisi tomonlarga ularning majburiyatlari hamda tölovni amalga oşirmaslik oqibatlarini tuşuntirdi. Natijada er-xotin özaro kelişuvga erişdi, oila yaraştirildi, ijro işi esa tugatildi. Batafsil bu yerda.

Ya’ni MIB har qanday yöl bilan jazolaşga emas, balki qaror ijrosiga erişişga harakat qiladi va ayrim hollarda bu keskin çoralarsiz amalga oşadi.