Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvada 7 yoshli qiz 88 ming dollarni tashlab yubordi
Sochilib ketgan pullarning bir qismini bolalar topib olgan va yoqib yuborishgan, bir qismini qushlar ilib ketgan.
Foto: Vladislav Shatilo / RBK
Moskva shahrining Meshchan rayonida yetti yoshli qizcha ichida jami 88 ming dollar miqdoridagi 100 dollarlik qog‘oz pullar solingan sumkani derazadan uloqtirib yubordi. Rossiyadagi telegram-kanallar, jumladan Mash, 112 va ReN TV manbalari, shuningdek, TASS agentligi yozishicha, qizcha onasi bilan urishib qolgan va undan shu yo‘l bilan qasos olishga qaror qilgan.
Havoga sochilib ketgan pullarning bir qismini o‘smirlar terib olishgan. Telegram-kanallar versiyasiga ko‘ra, ular pullarning bir qismini o‘zlarida qoldirishgan, bir qismini esa gulxanda yoqishgan. Ko‘chaga tushgan ayrim kupyuralarni esa qushlar ilib ketgan. «Hozir tumshug‘ida kupyuralar bo‘lgan qarg‘alar hayratga tushgan o‘tkinchilar boshi uzra uchib yuribdi», – deya yozadi ReN TV.
Mash ma’lumotiga ko‘ra, o‘smirlar 83 ming dollarni o‘zlarida qoldirib, qolgan pulni yoqib yuborishgan. Ular topib olingan pullar haqida ota-onalariga aytishgan, kattalar esa pullarni qaytarishga qaror qilishgan. ReN TV nashri yozishicha, besh ming dollar «havoga uchgan», 83 ming dollar egasiga qaytarilgan.
TASS ham huquq-tartibot organlaridagi manbasiga tayanib, 83 ming dollar topilganini xabar qilgan. Ammo, agentlik suhbatdoshining so‘zlariga ko‘ra, pullar egasiga «barchasiga oydinlik kiritilganidan keyin» qaytariladi. TASS ham kupyuralarning bir qismini o‘smirlar yoqib yuborgani haqida yozgan, ammo banknotalarni qushlar ilib ketganiga to‘xtalmagan.
Mavzuga oid
11:29 / 26.03.2026
Moskvada kurerlarni robotlar bilan almashtirish rejalashtirilmoqda
09:35 / 17.03.2026
Moskvaga dronlar bilan ommaviy hujumlar davom etmoqda
10:21 / 14.03.2026
Moskvada saytlarning “oq ro‘yxatlari” ishga tushdi
15:41 / 13.03.2026