Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda MIB tomonidan qidiruvda bo‘lgan 328 nafar shaxs topilgani ma'lum qilindi
Qashqadaryoda Majburiy ijro byurosi tomonidan qidiruvda bo‘lgan 328 nafar shaxs topilgan. Yana 218 nafari qidirilmoqda. Bu haqda MIB viloyat boshqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Majburiy ijro byurosi Qashqadaryo viloyat boshqarmasining Qidiruv sho‘'basi 10 oy mobaynida davlat ijrochilari tomonidan qidiruv e'lon qilingan 328 nafar qarzdorni topgan. Ulardan 588 million so‘m pul mablag‘lari undirilib, qarzdorlikni to‘lamagan shaxslar tegishli tartibda javobgarlikka tortilgan.
Shuningdek, qarzdorlarga tegishli qidiruvdagi mol-mulklarning 286 tasi topilib, ulardan 34 milliard 502 million so‘m pul mablag‘lari undirilishi ta'minlangan.
Qayd etilishicha, ayni damda MIB viloyat boshqarmasi tomonidan 218 nafar qarzdor shaxs va qarzdorlarga tegishli 78 ta mol-mulk qidirilmoqda.
Mavzuga oid
09:45 / 12.12.2025
Ijtimoiy tarmoqlarda MIB nomidan kelayotgan xabarlar feyk ekani aytildi
11:00 / 11.12.2025
Inson organlari savdosi bilan shug‘ullangan uyushgan jinoiy guruhga hukm o‘qildi
13:08 / 09.12.2025
Otasini ta’minlashdan bo‘yin tovlagan o‘g‘il 15 sutkaga qamaldi
15:31 / 29.11.2025