MIBga köra, Fuqarolik işlari böyiça Payariq tumanlararo sudining ijro hujjatiga asosan, qarzdor E.X.dan öz otasi Yu.X. foydasiga oylik daromadining 50 foizi miqdorida aliment tölaş belgilangan.

Biroq qarzdor belgilangan majburiyatni bajarmasdan, alimentni tölaşdan qasddan böyin tovlab kelgan. MIB davlat ijroçisi tomonidan berilgan bir neça bor ogohlantirişlarga qaramay, qarzdorning harakati özgarmagani sababli hujjatlar sudga kiritilgan.

2025 yil 1 dekabr kuni JIB Oqdaryo tuman sudi E.X.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 47-5-moddasi 1-qismi asosida 15 sutka ma’muriy qamoq jazosini tayinladi.

Ma’lumot örnida aytiş mumkin, Oila kodeksining 109-moddasida voyaga yetgan, mehnatga layoqatli farzandlar mehnatga layoqatsiz va yordamga muhtoj ota-onalarini moddiy ta’minlaşi va ular töğrisida ğamxörlik qilişi şartligi belgilangan.