Rasmiy ma’lumotga köra, uşbu xabarlar va ularga ilova qilinayotgan apk turidagi ilovalar firibgarlar tomonidan qurilgan tuzoq bölib, ularni yuklab oliş natijasida plastik kartoçka ma’lumotlari va pul mablağlari öğirlanişi mumkin.

MIB haqiqiy ijro hujjatlari va qarzdorlik töğrisidagi ma’lumotlar fuqarolarga faqat mobil SMS xabar hamda maxsus MIB info nomer orqali yuborilişini eslatdi.

Şuningdek, ijro işi yoki qarzdorlik haqida işonçli ma’lumot oliş uçun fuqarolarga Byuroning rasmiy www.mib.uz veb-sayti va Google PlayMarket hamda AppStore'dagi rasmiy mobil ilovalaridan foydalaniş tavsiya etildi.

Taşkilot fuqarolarni şaxsiy ma’lumotlarini begona şaxslardan ehtiyot qilişga, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan har qanday şubhali havola va xabarlarga işonmaslikka çaqirdi.