Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saida Mirziyoyeva Dohadagi ko‘rgazmalarga tashrif buyurdi
Foto: Saida Mirziyoyeva / Telegram
Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva 22 noyabr kuni Dohada Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika mintaqasining yosh va istiqbolli dizaynerlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan e’tiborga molik tashabbuslaridan biri bo‘lgan Fashion Trust Arabia (FTA) jamg‘armasiga tashrif buyurdi.
«Tashrif doirasida biz FTA platformasi faoliyatini kuzatdik va loyihalar bilan tanishdik. Turdosh tashabbuslar orasida M7 madaniyat markazidagi mintaqa va uning madaniy merosiga bag‘ishlangan Threads of Impact ko‘rgazmasi alohida ajralib turadi. Dizaynerlarimizning qo‘l mehnati namunalari va betakror milliy liboslarini namoyish etuvchi Woven Legacies: Uzbekistanʼs Living Heritage ko‘rgazmasi doirasida O‘zbekiston taqdim etilayotganidan xursandman», dedi Prezident administratsiyasi rahbari.
Saida Mirziyoyeva, shuningdek, Rem Koolhaas va Samir Bantal rahbarligidagi Countryside: A Place to Live, Not to Leave («Qishloq: tark etish emas, yashash uchun makon») nomli ko‘rgazmaga tashrif buyurgan.
U Dohadagi kino festivalda mehmon bo‘lgandi.
«Dohadagi kino festivali mustaqil va mualliflik kinosining eng muhim maydonlaridan biri bo‘lib, o‘ziga xos qarashlar va dadil badiiy pozitsiyaga ega bo‘lgan rejissyorlarga o‘z fikrlarini bildirish imkonini beradi.
Festival dasturidan o‘nlab mamlakatlardan filmlar o‘rin olgan; yosh mualliflar va mahalliy kinoijodkorlarga alohida e’tibor qaratilgan bo‘lib, ular uchun maxsus bo‘limlar va tanlov dasturlari tashkil etilgan.
Kecha Qatar poytaxtining diqqatga sazovor madaniy maskanlarida bo‘lib o‘tayotgan ushbu festivalga tashrif buyurdim. Zamonaviy kino – dolzarb kayfiyat va ma’nolarni aks ettirish, ayni paytda jamiyatimizni qanday mavzular tashvishga solayotganini tushunish usulidir», – deya yozadi u o‘z telegram-kanalida.
Mavzuga oid
17:49 / 05.03.2026
Saida Mirziyoyeva O‘zbekiston ayol sudyalari assotsiatsiyasi tashkil etilgani bilan qutladi
14:04 / 04.03.2026
Dohada 500 nafardan ortiq o‘zbekistonlik mehmonxonalarda qolmoqda
10:01 / 27.02.2026
Saida Mirziyoyeva: Transport tizimini modernizatsiya qilish bo‘yicha ishlar boshlandi
18:33 / 07.02.2026