“Dunyo” AA xabar berişiça, elçixona xodimlari Dohada vaqtinça qolib ketgan fuqarolar bilan doimiy aloqada bölib, ularning ehtiyojlarini örganmoqda.
Qayd etilişiça, 3 mart kuni diplomatlar La Villa va OYYO Hotel mehmonxonalarida bölib, u yerda vaqtinça yaşayotgan vatandoşlarning şaxsiy ma’lumotlari asosida röyxat şakllantirildi.
Şuningdek, elçixona “Vatandoş” jamoat fondi bilan hamkorlikda mehmonxonalarda joylaşgan ayrim muhtoj fuqarolarga iftorlik taomlarini yetkazib berdi.
Ma’lum qilinişiça, tibbiy yordamga muhtoj fuqarolar esa Hamad şifoxonasiga olib borilgan.
Bundan taşqari, Dohada yöl-transport hodisasi oqibatida vafot etgan fuqaroni dafn etiş uçun tegişli hujjatlarni rasmiylaştiriş jarayoniga kömak berilgan hamda Qatarning mas’ul idoralari bilan hamkorlikda janoza marosimi ötkazilgan.
Ayni paytda Qatar havo hududi yopiqligiça qolayotgani ma’lum qilindi.

















