Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh koronavirusdan o‘limlar soni bo‘yicha Xitoyni ortda qoldirdi
AQSh koronavirusdan o‘limlar soni bo‘yicha Xitoyni ortda qoldirib, bu borada dunyoda Italiya va Ispaniyadan keyin 3-o‘ringa chiqdi.
Foto: Stefan Jeremiah / Reuters
Bundan butun dunyo bo‘ylab koronavirusdan jabrlanganlar haqida ma'lumot yig‘uvchi Jons Hopkins universiteti ma'lumotlari darak bermoqda.
Bundan tashqari, AQSh hozirda koronavirusga chalinganlar soni (180 mingdan ko‘proq kasallangan) bo‘yicha dunyoda 1-o‘rinda turibdi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, ayni vaqtda AQShda koronavirusdan vafot etganlar soni 3580 nafarga yetgan. Bu raqam kontinental Xitoydagidan 275 taga ko‘proqni tashkil qiladi.
AQShda eng og‘ir vaziyat Nyu-Yorkda kuzatilmoqda, bu yerda oxirgi bir kun ichida koronavirusdan 208 kishi, umumiy hisobda esa 1550 kishi vafot etgan. Shuningdek, bir nechta shtatlarda virusdan 100 dan ko‘proq odam vafot etgan: Vashington – 210 nafar, Nyu-Jyersi - 198, Luiziana - 185, Michigan - 184, Kaliforniya - 149 va Jorjiya - 108.
Bu orada AQShning koronavirusga qarshi kurashish milliy shtabi a'zosi Antonio Fauchi yuzaga kelgan vaziyatda AQShda virus tarqalishining ikkinchi to‘lqini yuz bersa, mamlakatda uni yengish uchun yaxshi imkoniyat bo‘lishini aytgan. Uning ta'kidlashicha, AQShda bu holatda yaxshiroq qurilmalar va epidemiyaga qarshi yaxshiroq tayyorgarlik bo‘ladi. Fauchi, shuningdek, odamlar o‘zini alohidalashni afzal ko‘rayotganlari sababli vaziyat yaxshilanayotgani alomatlarini ko‘rayotganini qo‘shimcha qilgan.
Ayni vaqtda koronavirusdan butun dunyoda 41 mingdan ko‘proq odam vafot etgan. Eng ko‘p o‘lim holatlari Italiyada (12428 ta) va Ispaniyada (8269) qayd qilingan. 4-o‘rinda Fransiya (3523 ta) va 5-o‘rinda Xitoy (3305 ta) turibdi.
Mavzuga oid
08:32
Machado Oq uyda Trampga Nobel tinchlik mukofotini “topshirdi”
23:20 / 15.01.2026
Grenlandiyani AQShdan himoya qilishning uchta varianti bor – The Economist
22:40 / 15.01.2026
AQSh Meksikadan narkokartellarga qarshi reydlar o‘tkazishga ruxsat olmoqchi
22:26 / 15.01.2026