Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy AQShni xalqaro tartibga asosiy tahdid deb atadi
Rasmiy Pekin AQShni xalqaro tartibga asosiy tahdid deb hisoblaydi. Bu haqda Xitoy mudofaa vazirligi matbuot kotibi U Tsyan aytib o‘tdi.
Foto: AP
Tsyan Pentagonning Xitoyning harbiy ishlanmalari va maqsadlari haqida AQSh kongressiga bergan hisobotiga shunday izoh bergan.
“Ko‘p yillik tajriba shuni ko‘rsatadiki, aynan AQSh mintaqaviy tartibsizliklar qo‘zg‘atuvchisi, halqaro tartibni buzuvchi va butun dunyoda tinchlikka putur yetkazuvchi hisoblanadi”, deb aytgan Tsyan.
U oxirgi 20 yil ichida AQSh Iroq, Suriya va Liviyada noqonuniy tarzda urush qo‘zg‘aganini eslatib o‘tdi. Vashingtonning tajovuzkor harakatlari 800 mingdan ortiq odamning o‘limiga sabab bo‘ldi, o‘n millionlab odamlar qochqin bo‘lishga majbur bo‘ldi, deya ta'kidlab o‘tgan Tsyan.
Xitoy vakili Pentagonning hisobotini Vashingtonda rasmiy Pekin va Xitoy qurolli kuchlarini yomonotliq qilishni istayotganlarining yana bir isboti deb atadi. U AQShni Xitoyning milliy mudofaasiga xolis va oqilona munosabatda bo‘lishga va yolg‘on bayonotlar berishni to‘xtatishga chaqirgan.
Sentabr boshida Pentagon Xitoyning salohiyati to‘g‘risida kongressga taqdim qiladigan har yillik xisobotida Xitoy 10 yil ichida o‘z yadro qurolini kamida ikki barobarga oshirishini ma'lum qilgan.
Mavzuga oid
23:05 / 22.05.2026
Rubio AQShning Rossiya va Ukraina bilan muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirib qolganini aytdi
20:13 / 22.05.2026
Tobora ko‘proq amerikaliklar Trampning iqtisodiy siyosatidan norozi
19:51 / 22.05.2026
Eron va Ummon Ho‘rmuzda kemalardan to‘lov undirish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda
17:56 / 22.05.2026