Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Andijon tajriba-ko‘rgazma maydoni» tashkil etiladi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Andijon viloyatida innovatsion texnologiyalar transferini faollashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Innovatsion ishlanmalarni joriy etish ilmiy-amaliy markazi tasarrufida “Andijon tajriba-ko‘rgazma maydoni” tashkil etilishi mumkin.
Ko‘rgazma maydoni asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilanadi:
mahalliy va xorijiy ilmiy va oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlik qilish;
innovatsion texnologiyalarni yaratish, joriy etish va foydalanish;
innovatsion faoliyatni tashkil etish va boshqarish, texnologiyalarning transferi va intellektual mulk obektlarini tijoratlashtirish;
ilmiy konferensiyalar, seminarlar, treninglar va mahorat darslarini tashkillashtirish;
oliy ta'lim va ilmiy muassasalar, tadbirkorlik sub'yektlari va ishlab chiqarish korxonalari o‘rtasida bog‘lovchi bo‘lish;
innovatsion g‘oyalar va loyihalar, mahsulotlar va texnologiyalarning istiqbolli turlarini ishlab chiqishda o‘zaro manfaatli hamkorlik munosabatlarini rivojlantirish;
ilmiy va laboratoriya tadqiqotlarini olib borish, tajriba namunalarini, sanoat mahsulotlarining prototiplarini ishlab chiqish va ularning natijalarini ishlab chiqarishga joriy qilish.
Belgilab qo‘yilishicha:
Ko‘rgazma maydoni davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga, mustaqil balansga, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligida budjet va budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha shaxsiy g‘azna hisob varaqlariga ega bo‘ladi;
Ko‘rgazma maydoni rahbarini O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan kelishgan holda Innovatsion ishlanmalarni joriy etish ilmiy-amaliy markazi tomonidan lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod etadi;
Ko‘rgazma maydoni xodimlari mehnatiga haq to‘lash (lavozim oylik maoshi, mukofotlar, ustama haqlar, va boshqa rag‘batlantiruvchi to‘lovlar) moliyaviy holatidan kelib chiqib Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan belgilanadi;
Ko‘rgazma maydoni muntazam ravishda yangi texnologiyalar ko‘rgazmasini tashkil etish asosida texnologiyalar transferini amalga oshiradi;
Ko‘rgazma maydoni oliy ta'lim va ilmiy muassasalar o‘rtasida innovatsion g‘oyalar va loyihalar, o‘zaro manfaatli hamkorlik munosabatlari rivojlanishi, ilmiy va laboratoriya tadqiqotlari olib borish, innovatsion faoliyat natijalarini tijoratlashtirish, yoshlar, olimlar va o‘qituvchilarni iqtisodiyot sohalarida ilmiy-texnik muammolarini hal etishga jalb qilish.
“Ko‘rgazma maydoni” Andijon viloyati Marhamat tumani Mirishkor MFY, Bobur massivida 10 gektar yer maydoniga joylashtiriladi.
Ko‘rgazma maydoni faoliyatini moliyalashtirish manbai sifatida quyidagilar belgilanadi:
respublika budjeti mablag‘lari;
xo‘jalik va tadbirkorlik faoliyatidan tushadigan mablag‘lar;
xalqaro moliya va boshqa institutlar, xorijiy tashkilotlarning grantlari doirasida tushadigan mablag‘lar va kreditlari;
jismoniy va yuridik shaxslar, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining xayriya mablag‘lari;
qonun hujjatlarida ta'qiqlanmagan boshqa manbalar.
“Ko‘rgazma maydoni” binosini qurish uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda laboratoriya uskunalarini xarid qilish bilan bog‘liq xarajatlar quyidagi manbalar hisobidan qoplanadi:
Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari;
Innovatsion ishlanmalarni joriy etish ilmiy-amaliy markazi budjetdan tashqari mablag‘lari;
homiylar mablag‘lari hamda qonun hujjatlarida ta'qiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan.
Ko‘rgazma maydoni binosini qurish bo‘yicha buyurtmachi etib Andijon viloyati hokimligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyasi” belgilanadi;
pudratchini aniqlash belgilangan tartibda o‘tkazilgan tender (tanlov) savdolari natijalari bo‘yicha tanlanadi.
Mavzuga oid
16:09 / 31.03.2026
Andijonda qalbaki dori tayyorlovchi 3 ta yashirin laboratoriya aniqlandi
09:06 / 30.03.2026
Vodiyga poyezdlar qatnovi vaqtincha to‘xtadi
19:35 / 28.03.2026
Andijondagi yashirin dori sexlaridan 10 mlrd so‘mlik qalbaki dorilar musodara qilindi
16:36 / 21.03.2026