Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiyada politsiya to‘g‘risidagi qonunga qarshi namoyishlar tartibsizliklarga aylanib ketdi
Mamlakat ichki ishlar vaziri Jyerald Darmanen politsiya 22 kishini hibsga olganligini ma'lum qildi.
Foto: Le Parisien
Parijda politsiya xodimlarini foto va videoga olganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi qonunga qarshi norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda. Namoyishchilar va politsiyachilar o‘rtasida to‘qnashuvlar boshlandi, deb xabar bermoqda Le Parisien.
Aksiya boshlanganidan biroz o‘tib, namoyishchilar politsiya xodimlariga qarata shisha idishlar va toshlar uloqtirishni boshlab yuborishgan. Politsiya bunga javoban ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz qo‘llagan.
Norozilik namoyishlari vaqtida bir nechta avtomobil yoqib yuborilgan, do‘konlarning oynalarini sindirib, talashga urinishgan.
Nombreux incendies en cours à Paris en tête de cortège de la manif #StopLoiSecuriteGlobale pic.twitter.com/1R94qp3Esa
— Remy Buisine (@RemyBuisine) December 5, 2020
Mamlakat ichki ishlar vaziri Jyerald Darmanen politsiya 22 kishini hibsga olganligini ma'lum qildi.
🔴Quelques tensions durant plusieurs minutes alors que le cortège commence à partir. Les forces de l’ordre reçoivent de nombreux projectiles. #StopLoiSecuriteGlobale #France #LoiSecuriteGlobale #Paris pic.twitter.com/UkrhmVkh25
— Charles Baudry (@CharlesBaudry) December 5, 2020
Fransiyada yaqinda qabul qilingan global xavfsizlik to‘g‘risidagi qonunga ko‘ra, politsiya xodimlarini ish vaqtida suratga olish taqiqlanadi. Bu jinoiy javobgarlik va 45 ming yevro miqdoridagi jarima jazosiga sabab bo‘ladi.
Qayd etilishicha, norozilik namoyishlari Fransiyaning 90ta shahrida bo‘lib o‘tmoqda.
Politsiyaning ma'lumot berishicha, bir hafta avval o‘tkazilgan ana shunday namoyishlarda butun mamlakat bo‘ylab 133 ming kishi qatnashgan. Tartibsizliklar davomida 100ga yaqin politsiya va jandarmeriya xodimlari jarohatlangan.
Mavzuga oid
23:23 / 10.01.2026
Fransiya AQShdagi UFC turniri sababli G7 sammiti muddatini o‘zgartirdi
13:13 / 10.01.2026
Germaniya, Fransiya va Britaniya Rossiyaning “Oreshnik” raketa zarbasini qoraladi
22:07 / 09.01.2026
Fransiya NATO a’zoligidan chiqishi mumkin
19:07 / 08.01.2026