Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiya NATO a’zoligidan chiqishi mumkin
Fransiya parlamenti quyi palatasi vitse-raisi Klemans Gete mamlakatning NATO a’zoligidan chiqishi to‘g‘risidagi rezolyutsiyani ovozga qo‘yish niyatida ekanini ma’lum qildi.
Foto: AFP/Getty Images
«Fransiyaning AQSh boshchiligidagi va unga xizmat qiluvchi harbiy alyans - NATO faoliyatida ishtirok etishi masalasi har qachongidan ham dolzarb bo‘lib turibdi. Men Fransiyani Shimoliy Atlantika alyansidan chiqishga chaqiruvchi rezolyutsiyani ko‘rib chiqish uchun taklif kiritmoqdaman, bu birlashgan qo‘mondonlikdan boshlanadi», deyiladi siyosatchining ijtimoiy tarmoqdagi postida.
Vitse-rais Vashingtonning so‘nggi geosiyosiy tashabbuslari o‘zini bunga undaganini ma’lum qildi. Xususan, u AQSh harbiylari Venesuela prezidenti Nikolas Maduroni o‘g‘irlab ketgani bilan bog‘liq voqeani eslatdi.
Shuningdek, u Qo‘shma Shtatlarning «Falastindagi genotsidga ko‘rsatayotgan harbiy yordami» va AQSh prezidenti Donald Trampning «Grenlandiyani qurolli anneksiya bilan tahdid qilayotganidan» ranjigan.
Avvalroq, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron AQSh xalqaro qoidalardan chetga chiqayotganini aytgandi. U Vashingtonning Tramp boshchiligidagi tashqi siyosatini qoraladi. Makronning fikricha, AQSh ittifoqchilardan uzoqlashmoqda va «qaroqchilar makoniga» aylanish xavfi ostida.
Mavzuga oid
09:04
Tehron Yevropa davlatlarini “ikkiyuzlamachilik”da aybladi
22:40 / 09.01.2026
«G‘arbiy yarimshar - bizniki». AQShning uch asrlik da’vosi yana kun tartibida
22:33 / 09.01.2026
Tramp Putinga sabr-toqati tugayotgani haqida signallar yubormoqda – OAV
21:18 / 09.01.2026