Sahnada baxtini topgan Bollivudning eng chiroyli juftliklari
Bollivud olami doimo go‘zal raqslari, otashin muhabbat qissalari va betakror qo‘shiqlari bilan bizlarni o‘ziga rom etib kelgan. Ko‘plab hind aktyor va aktrisalari sahnada go‘zal juftlik obrazlarini mohirona ijro etishga muvaffaq bo‘lishadi. Ba'zida, biz ularni real hayotda ham birga bo‘lishsa kerak, degan xayolga boramiz.
Yulduzlar orasida kino olami orqali bir-birini uchratib, hayot yo‘llarini bir umrga bog‘lashga qaror qilgan aktyor va aktrisalar ham talaygina. Xabardor.uz nashri sizlar uchun Bollivudning eng chiroyli juftliklari o‘ntaligini tuzib chiqdi.
Dxarmendra va Xema Malini
Barchamiz uchun sevimli bo‘lgan “Zita va gita”, “O‘rmonlar qiroli”, “Sevimli Raja” filmlari yodingizda bo‘lsa kerak. Unda sevishganlar obrazida namoyon bo‘lgan eng mashhur yulduzlar Dxarmendra va Xema Malini hayotda ham birga bo‘lishni afzal bilishdi. Ular 1980 yilda oila qurishadi. Mana, oradan 36 yil o‘tgan bo‘lsa-da, ularning chinakam sevgisi hamisha dillarda doston bo‘lib kelmoqda.
Amitabx Bachchan va Jaya Bachchan
Doimo go‘zal aktrisalar qurshovida bo‘lgan Bollivud qiroli Amitabx Bachchan 1973 yilda aktrisa Jaya Bxaduri bilan oila quradi. Jaya Bachchan turmush qurgach, kinoni tark etib, o‘zini oilasi va farzandlariga bag‘ishlaydi. U doim Amitabxning aktrisa Rekxa bilan ishqiy munosabatlari yana paydo bo‘lishidan qo‘rqib yashaganini ko‘plab intervyularda qayd etib kelgan. Biroq, janob Bachchan o‘z sevgisiga sodiq qolib, ayoliga hech qachon hiyonat qilmagan.
Rishi Kapur va Nitu Singx
Raj Kapurning o‘g‘li RishiKapurni “Bobbi”filmi orqali yaxshi bilamiz. Aktyor hamkasbi Nitu Singxni sevib qoladi. Ular “Amar, Akbar va Antoni” filmida birga rol ijro etishgan. 1980 yilda turmush qurgan bu juftlik barchaga namunali oila sifatida o‘rnak bo‘la oladi.
Shohrux Xon va Gauri Xon
Gauri Xon Shoxrux bilan tanishgan vaqtlari san'atga hech qanday aloqasi bo‘lmagan bo‘lsa-da, endilikda u turmush o‘rtog‘ini qo‘llab-quvvatlash maqsadida ssenariy muallifi va prodyusser sifatida Bollivudda ijod qilmoqda. Gaurini bir ko‘rishda sevib qolgan Shoxrux Xon 1991 yilda unga uylanishga qaror qiladi. Ularning hozirda uch nafar farzandlari bor.
Abxishek Bachchan va Ayshvariya Ray
Bu juftlik haqida har qancha gapirsak, shuncha oz. Ayshvariya va Abxishekning turmush qurishi hech kimning hayoliga kelmagan edi. Sababi, u vaqtlarda Abxishek aktrisa Karishma Kapurga unashtirilgan, Ayshvariya Ray esa Salmon Xon bilan ishqiy munosabatlarini hal etolmay, sarson edi. Barcha Salmon va Ayshvariyaning muxabbati baxtli yakun topishini istar edi. Biroq, natija kutilmagan bo‘ldi: 2007 yilda dunyo go‘zali Ayshvariya Bachchanlar xonadoniga kelin bo‘ldi.
Kajol va Ajay Devgan
Kajolni muxlislar juda ham yaxshi tanishadi. Uni barcha Shoxrux Xon bilan “Bollivudning ideal juftligi” deya e'tirof etishar edi. Aktrisa chindan ham hamkasbi bilan hayot yo‘lini bog‘ladi. Biroq, Shoxrux emas, Ajay Devgan bilan. Ular eng baxtli va bir-birini doimo qo‘llab-quvvatlab yashaydigan oila sanaladi. Ikki nafar farzandning onasi bo‘lgan Kajolga Ajay Devgan kinodagi faoliyatini davom ettirishi uchun hech qanday ta'qiq qo‘ymadi.
Karina Kapur va Saif Ali Xon
Bu ikki taniqli juftlik 2012 yilda oila qurdi. Ular bir necha ijodiy hamkorlikdan so‘ng paydo bo‘lgan muxabbat qissalarini, nihoyat nikoh orqali tasdiqlashga qaror qilishdi. Garchi, Saif Ali Xon avval Amrita Singx bilan turmush qurgan bo‘lsa-da, bu ularga hech qanday to‘siq bo‘lmadi.
Akshay Kumar va Tvinkl Xanna
Tvinkl va Akshayning turmush qurishi ham Bollivud olamiga chinakamiga kutilmagan yangilik bo‘lgan. Ular 2001 yilda oila qurishdi. Tvinkl Akshay uchun yaxshi rafiqa bo‘lish maqsadida, kino olamini tark etib, o‘zini oilaga bag‘ishladi. Akshayga esa aynan oila qurganidan so‘ng, ijodiy faoliyatida katta yutuqlarga erisha boshladi. Ularning Arav va Nitara ismli farzandlari bor.
Dipika Padukoni va Ranvir Singx
Dipika Padukoni va Ranvir Singxni “Ram va Lila” filmi orqali juda yaxshi taniysiz. Ularning filmdagi betakror sevgi qissalari haqiqiy hayotga ham o‘z ta'sirini ko‘rsatdi. Ular hind OAV va tadbirlarida doim birgalikda namoyon bo‘lishadi. Ularning yaqin orada turmush qurishi haqidagi mish-mishlar ham yo‘q emas. Muxlislar aktyorlarning sevgi qissasi Ram va Lilanikidek achinarli yakun topmasligiga ishonishadi.
Alia Bxatt va Varun Dxavan
2012 yilda suratga olingan “Yil talabasi” badiiy filmi Bollivudda chinakamiga shuhrat qozondi. Unda bosh rollarni gavdalantirgan Alia Bxatt va Varun Dxavan hayotda ham birga yaqin do‘stlarga aylanishdi. Shu sababli rejissyorlar bu ikki juftlikni filmlarda birga chiqishini xohlashadi. Hozirda aktrisa o‘zining instagramdagi sahifasida tez-tez Varun bilan birga tushgan suratlarini joylab borsa-da, ular faqat do‘stona munosabatda ekanliklarini ta'kidlab keladi. Muxlislar esa aksincha, ularning tezroq bir qarorga kelishlarini intizorlik bilan kutishmoqda.
Tavsiya etamiz
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
Ko‘chmas mulk savdosini naqdsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilyapti
Iqtisodiyot | 11:26 / 30.06.2025
Hindistonda o‘n millionlab odam uran bilan ifloslangan suvni ichmoqda - olimlar
Jahon | 09:01 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQShda Marsdan tushgan meteorit auksion orqali sotuvga qo‘yiladi
Jahon | 00:02
-
Rossiya Afg‘oniston Islom Amirligini rasman tan oldi
Jahon | 23:39 / 03.07.2025
-
Buxoroda shifokor pichoq bilan o‘zini jarohatlamoqchi bo‘lgan shaxsni zararsizlantirdi, bankdan 90 ming dollar talon-toroj qilganlar ushlandi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:36 / 03.07.2025
-
Odam savdosida ayblangan o‘zbekistonlik ayol O‘mondan ekstraditsiya qilindi
Jamiyat | 23:33 / 03.07.2025