Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Haydovchini bog‘lab qo‘yib, «Spark»ni olib qochgan shaxslar ushlandi

Joriy yilning 11 noyabr kuni tungi 03:30larda Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida 3 nafar noma'lum shaxs kuch ishlatish yo‘li bilan "Spark" rusumli avtoulov haydovchisi, 1993 yilda tug‘ilgan fuqaro A.D.ning oyoq va qo‘lini bog‘lab, yo‘l yoqasida tashlab ketishgan.
Toshkent viloyati IIBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, bu shaxslar haydovchi boshqaruvidagi “Spark” rusumli avtoulovni olib qochib ketishgan.
Mazkur holat yuzasidan olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari jarayonida avtoulov Toshkent tumani “Chuvalachi” mahallasida harakatlanayotganligi aniqlanib, Toshkent tumani IIB va YHXB xodimlari tomonidan to‘sib ushlash yo‘li bilan qo‘lga olindi.
Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

15:44
Toshkent viloyatida 2025 yil hisobidan ikkinchi marta issiq suv va issiqlik tariflari oshadi

12:28 / 12.08.2025
Toshkent viloyatida yangi aeroport uchun joy qidirilmoqda

11:37 / 09.08.2025
Mashina ustiga chiqib salyut uchirgan fuqaro 7 sutkaga qamaldi

12:00 / 02.08.2025