Yangi quriladigan aeroport hozirgi aeroportdan 17 km uzoqlikda – Toşkent şahridan janubda joylaşadi. Bu haqda «Özbekiston 24» kanaliga bergan intervyusida transport vaziri Ilhom Mahkamov ma’lum qildi.
Loyiha davlat-xususiy şeriklik asosida amalga oşiriladi. Yangi aeroport Samarqand bilan boğlovçi amaldagi avtomobil yöli va yaqin kelajakda quriladigan pulli trassaga yaqin joyda bölişi rejalaştirilgan.
Uzbekistan Airports kompaniyasi rahbari Javlonbek Umarxöjayevning ta’kidlaşiça, poytaxtning mavjud aeroporti yiliga 11 mln yölovçiga xizmat körsatiş imkoniyatiga ega.
«Hozirgi kundagi iqtisodiy ösiş, turistlar oqimining köpayişi va xalqaro işbilarmonlik aloqalarining kengayişi hisobiga hozirgi Toşkent xalqaro aeroporti ösib borayotgan yukni kötara olmayapti. Kunning tiğiz paytlarida tirbandliklar, avtoturargohlarga maşinalarning siğmasligi kuzatilyapti», — dedi u.
Uzbekistan Airports rahbarining qöşimça qilişiça, 2030 yildan söng yölovçilar soni 15 mln nafardan oşişi kutilyapti. Biroq bir vaqtning özida bir neçta uçiş-qöniş yölagidan foydalaniş imkonsiz.
«Yana bir muhim jihatlardan biri bu – havo hududi. Mavjud aeroport şahar markaziga yaqin joylaşgani hisobiga uçiş trayektoriyasida manyovr qiliş masalasi 50 foizgaça çeklangan. Toşkent aeroporti 2030 yilgaça özining barça resurslaridan foydalanib böladi», dedi Javlonbek Umarxöjayev.
Yangi aeroport birinçi bosqiçda yiliga 20 mlngaça yölovçiga xizmat körsatiş, 169 ta samolyotni joylaştiriş va bir vaqtning özida soatiga kamida 40 dan ortiq uçiş va qönişni ta’minlaş imkoniyatiga ega böladi. Terminal binosidan samolyotga töğridan töğri kirib ketiş imkonini beradigan köpriklarning soni birinçi bosqiçda 14 ta böladi, loyiha yakuni bilan ularning miqdori 45 taga yetkaziladi.

















