Xalq deputatlari Toşkent viloyati kengaşi 18 avgust kungi qarori bilan issiq suv va issiqlik ta’minoti böyiça yangi tariflarini tasdiqladi.

Unga köra, 2025 yil 10 sentabrdan boşlab, aholi uçun tariflar 10 foizga kötariladi.

Ulgurji iste’molçilar uçun esa narxlar Angren şahrida 18 foizga, Olmaliq şahrida 8 foizga, Çirçiq şahrida 23 foizga kötariladi. Viloyat “Issiqlik ta’minoti”ning ulgurji abonentlari uçun esa tariflar 95 foizga oşadi.

2025 yil 10 sentabrdan kuçga kiradigan tariflar:

Toşkent viloyatida issiq suv va issiqlik ta’minoti tariflari oxirgi marta 2025 yil 1 fevraldan boşlab oşirilgan edi. Öşanda aksariyat ta’minotçilarda aholi uçun tariflar 15 foizga, faqat Olmaliq şahrida 9 foizga kötarilgandi.

Ulgurji iste’molçilar tarifi esa Olmaliq şahrida narx deyarli özgarmay (0,2 foizga oşgan) qolgan, viloyatning boşqa joylarida 26 foizdan 317 foizgaça oşgandi.

Eslatib ötamiz, Toşkent şahrida issiq suv va issiqlik tariflarini 2025 yil 1 oktyabrdan aholi uçun 15 foizga oşiriş rejalaştirilgan.