Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tailand Kambodjadagi obektlarga havo zarbalari yo‘lladi
Tailand Ubonratchatxani provinsiyasida tay harbiylariga Kambodja tomonidan o‘t ochilgani, natijada bir harbiy halok bo‘lganida Kambodjani aybladi. Tailand armiyasi bunga javob sifatida harbiy obektlarga havo zarbalari berdi.
Foto: REUTERS
Tailand va Kambodja o‘rtasidagi chegara mojarosining yangi keskinlashuvi davomida Tailand armiyasi qo‘shni mamlakatning bir necha mintaqasida joylashgan “harbiy obektlar”ga havo zarbalari berdi. Armiya rasmiysi Vintay Suvarining dushanba, 8 dekabr kuni ma’lum qilishicha, zarbalar harbiy infratuzilma, qurol-aslaha omborlari, boshqaruv punktlari va logistika yo‘nalishlariga qaratilgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, zarbalar shu kunning o‘zida Kambodja harbiylari tomonidan Tailandning Ubonratchatxani provinsiyasida tay qo‘shinlari o‘qqa tutilganidan so‘ng amalga oshirilgan. Hujum natijasida Tailand qirollik armiyasining bir harbiy xizmatchisi halok bo‘ldi, yana to‘rt kishi yaralandi.
Bundan tashqari, Tailand chegaraga yaqin to‘rtta tumandan 385 mingdan ortiq tinch aholini evakuatsiya qilmoqda, ulardan 35 mingdan ziyodi allaqachon vaqtinchalik boshpana maskanlariga joylashtirilgan.
O‘z navbatida Kambodja Tailand armiyasini Preax-Vixear va Oddarmeantey chegara provinsiyalarida uning qo‘shinlariga hujum qilishda aybladi. Kambodja mudofaa vazirligi vakilining aytishicha, tay harbiylari tanklardan foydalanib ibodatxonalarni ham o‘qqa tutgan, shu bilan birga Kambodja javob o‘ti ochmagan.
Tailand va Kambodja umumiy uzunligi 800 kilometrdan ortiq chegara bo‘yicha munozarani yuz yildan ortiq vaqtdan beri olib bormoqda. Ko‘p yillik nizoning markazida — Preaxvixea hindu ibodatxona majmuasi va Tailand, Kambodja hamda Laos chegaralari tutashgan hududda joylashgan, “Yashil uchburchak” deb ataluvchi yerlar turibdi. Mojaro koloniyaviy davrdan meros bo‘lib qolgan chegarani noaniq belgilash bilan bog‘liq.
Tailand va Kambodja o‘rtasidagi chegara mojarosining avvalgi keskinlashuvi yozda yuz bergan edi. Dastlab o‘t ochishlar asosan chegaraning shimoliy qismida, Tailandning Janubiy Xitoy dengizi qirg‘og‘ida joylashgan mashhur dengiz kurortlari va sohillari hududidan ancha uzoqda davom etgan. Keyin janglar ommabop dengiz kurorti Pattayyaga yaqinlashdi. Besh kun davom etgan harbiy to‘qnashuvlar natijasida kamida 43 kishi halok bo‘ldi, 300 mingga yaqin kishi qochqinga aylandi.
Otashkesimga erishishga, boshqalar qatorida, AQSh prezidenti Donald Tramp ham tomonlarni chaqirgan edi. O‘tgan yil oktyabr oyi oxirida Tailand va Kambodja AQSh vositachiligida uzoq muddatli tinchlikni ta’minlashga qaratilgan bitimni imzolagandi. Tailand bir oycha muqaddam, armiya chegara yaqinida mina portlashi oqibatida ikki tay harbiysi yaralangani haqida xabar berganidan so‘ng, ushbu tinchlik kelishuvini amalga oshirishni to‘xtatib qo‘ydi.
Mavzuga oid
11:03 / 19.03.2026
Tailanddagi YTHda O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi
11:44 / 12.03.2026
Ho‘rmuz bo‘g‘ozi hududida uchta fuqarolik kemasiga hujum qilindi
16:18 / 21.02.2026
Xitoy dronlarni Rossiyaga Tailand orqali yetkazib berishni boshladi
16:06 / 09.02.2026