Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada o‘g‘it olmoqchi fuqaroni 25 000 dollarga «uxlatishdi»
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Foto: Tergov departamenti
2020 yilning mart oyining boshlarida Farg‘ona viloyati Buvayda tumanida 26 yoshli S.N. tanishi 37 yoshli B.Q.ga uning pullari evaziga ulgurji narxlarda qishloq xo‘jaligi mineral o‘g‘itlarini olib sotish biznesi bilan shug‘ullanishini va foydasidan B.Q., pullarini qaytarib berishini aytgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, S.N. aldab, B.Q.dan jami 25.000 AQSh dollari pullarini olib, shu kunga qadar qaytarib bermasdan kelayotganligi aniqlangan.
Holat yuzasidan Buvayda tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
09:10
Onlayn firibgarlikka qarshi yangi talablar: bank kartalarida 24/7 aloqa raqami bo‘ladi
12:14 / 21.01.2026
Mobil ilovalarda P2P o‘tkazmalar uchun yangi qoidalar joriy etildi
12:00 / 21.01.2026
Namanganda hokim yordamchisi va kadastr xodimi ushlandi
11:13 / 21.01.2026