Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fuqarolardan 30 turdagi hujjatlarni talab etish bekor qilinadi
Xususan, FHDYo organida nikohlanuvchi shaxslarning tibbiy ko‘rik natijalari, mudofaa bo‘limlarida harbiy xizmatga majburlarning turar joyi o‘zgarganligi haqidagi hujjat so‘ralmaydi, bu ma’lumotlar axborot tizimlari orqali onlayn olinadi.
Foto: Fotolia
Prezident Shavkat Mirziyoyev adliya tizimida davlat xizmatlarini kengaytirish chora-tadbirlariga oid taqdimot bilan tanishdi.
Taqdimotda davlat xizmatlarini yanada ko‘paytirish va osonlashtirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.
Rejaga ko‘ra, kelgusi uch yilda davlat xizmatlari 900 taga yetkaziladi. Yiliga 80 ta xizmat “3 qadam” tamoyili asosida soddalashtiriladi. Aholi gavjum joylar va olis mahallalarda 1 ming 100 ta interaktiv kiosk o‘rnatiladi.
Fuqarolardan 30 turdagi hujjatlarni talab etish bekor qilinadi. Xususan, FHDYo organida nikohlanuvchi shaxslarning tibbiy ko‘rik natijalari, mudofaa bo‘limlarida harbiy xizmatga majburlarning turar joyi o‘zgarganligi haqidagi hujjat so‘ralmaydi, bu ma’lumotlar axborot tizimlari orqali onlayn olinadi.
Bugungi kunda notariuslar odamlarga 80 dan ortiq turdagi xizmat ko‘rsatyapti. Lekin onlayn xizmatlar ulushi juda kam – 11 foiz.
Davlat rahbari raqamlashtirish orqali fuqarolarga qulayliklarni oshirish zarurligini ta’kidladi. 2025-2027 yillarda bosqichma-bosqich 20 ta notarial harakat onlayn rasmiylashtirishga o‘tkazilishi belgilandi.
Mavzuga oid
16:17 / 10.11.2025
Tibbiyot xodimlariga davlat xizmatlari to‘lovi 2 baravar kamayadi
13:54 / 19.09.2025
Yerlardan foydalanish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish takomillashtiriladi
11:07 / 17.09.2025
Aloqa operatorlariga "Yagona portal"dagi pulli davlat xizmatlarini ko‘rsatish imkoniyati yaratiladi
14:50 / 11.09.2025