“Respublikaning hudud, soha va tarmoqlarida raqamli texnologiyalar joriy etilişini yanada jadallaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga köra, “Raqamli hukumat” dasturi doirasida 41 ta ustuvor loyihani işga tuşiriş, elektron davlat xizmatlari uluşini 70 foizga yetkaziş tizimni 2025–2026 yillarda rivojlantirişning ustuvor yönalişlaridan biri etib belgilandi.

2025 yil 1 noyabrdan mobil aloqa operatorlari, tijorat banklari, tölov taşkilotlariga mobil ilovalar orqali YaIDXP (Yagona portal)dagi pulli elektron davlat xizmatlarini körsatiş imkoniyati yaratiladi.

2025 yil 1 dekabrdan nodavlat notijorat taşkilotlariga “Raqamli hukumat” tizimining Idoralararo integratsiyalaşuv platformasi orqali belgilangan tartibda elektron idoralararo hamkorlikni amalga oşirişga ruxsat beriladi.

2026 yil 1 yanvardan fuqarolarning ijtimoiy yordam körsatiş böyiça murojaati, mahallalardagi oilalar va aholi ma’lumotlarini yuritiş hamda mahallalarda aholi bilan işlaş jarayonlari “Raqamli mahalla” platformasi orqali amalga oşiriladi.