Yiğilişda tibbiyot xodimlarini moddiy va ma’naviy qöllab-quvvatlaş böyiça qator qarorlar e’lon qilindi. Prezident ta’kidlaganidek, tibbiyot xodimining oilasiga va şaxsiy rivojlanişiga köproq vaqt ajratişi uning kasbiy mahorati, iş sifat-unumiga töğridan töğri ta’sir qiladi.

Şu munosabat bilan barça turdagi davlat xizmatlari tölovi tibbiyot xodimlari uçun 2 baravarga kamaytiriladi, bu islohotni moliyalaştiriş uçun 100 mlrd söm yönaltiriladi.

2025 yil 1 apreldan davlat tibbiyot muassasalarida iş haftasi 6 kundan 5 kunga ötkaziladi, oylik maoş töliq saqlanadi.

Jizzax toğlaridagi eng soğlom iqlimli hududda tibbiyot xodimlari uçun alohida dam oliş maskani taqdim etiladi.

Prezident: «Agar tibbiyot xodimi oilasi va farzandlariga köproq vaqt ajratsa, öz ustida çuqurroq işlasa, şaxsiy rivojlaniş va kasbiga muhabbat, eng muhimi, işdagi sifat va unum ortadi», — deb ta’kidladi.

Kutilişiça, uşbu çoralar kadrlar barqarorligini oşiradi, xizmat sifati hamda bemorlar bilan muloqot madaniyatini yanada yuqori poğonaga kötaradi.