Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ayrim fuqarolarga davlat xizmatlaridan navbatsiz foydalanish bo‘yicha imtiyoz beriladi
Prezident farmoni bilan davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimini takomillashtirish hamda sohada byurokratik tartibotlarni tubdan qisqartirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilandi.
Maqsadli mo‘ljallar:
- 2028 yilga qadar YaIDXP va davlat xizmatlari markazlari orqali ko‘rsatiladigan xizmatlar sonini 900 taga yetkazish;
- proaktiv davlat xizmatlari sonini 53 taga va kompozit davlat xizmatlarini 74 taga ko‘paytirish;
- byurokratik tartib-taomillarni qisqartirish, raqamlashtirish va sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish orqali yiliga aholining 47 mlrd so‘m mablag‘larini tejash va ma’muriy xarajatlarni 80 mlrd so‘mga qisqartirish;
- fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va aholi gavjum joylarni bosqichma-bosqich 1100 ta interaktiv kiosklar bilan ta’minlash orqali 49 mlrd so‘m miqdorida ma’muriy xarajatlarni tejash.
Idoralararo axborot almashinuvini joriy etish orqali 2025 yil 1 dekabrdan boshlab nikohni rasmiylashtirishda FHDYo organlari tomonidan nikohlanuvchi shaxslardan tibbiy ko‘rik natijalarini taqdim etish talabi, shuningdek ajrashishda sud qarori asosida talab qilish bekor qilinadi.
Bunda nikohdan ajralganlik to‘g‘risidagi dalolatnoma yozuvi sud joylashgan joydagi FHDYo organi tomonidan "FHDYoning yagona elektron arxivi" ATida avtomatik tartibda tuziladi, shuningdek sud qarorining nusxasi nikohdan ajralganlik to‘g‘risidagi guvohnomaga tenglashtiriladi. Davlat boji tuman (shahar) Majburiy ijro byurosi bo‘limlari tomonidan har ikki yoki ularning biridan undiriladi.
Quyidagilar bekor qilinadi:
- chaqiriluvchilar va harbiy xizmatga majburlarning turar joyi, o‘qish joyi, ish joyi va lavozimidagi o‘zgarishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tegishli mudofaa organlariga taqdim etish majburiyati;
- avtomototransport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasida avtomototransport vositasi egasining manzilini ko‘rsatish talabi.
2025 yil 1 noyabrdan boshlab:
- jismoniy shaxslarning shaxsiy ma’lumotlari YaIDXPda ularning shaxsiy kabineti orqali real vaqt rejimida taqdim etiladi, ular qog‘oz shakliga tenglashtiriladi;
- agar bu ma’lumotlar YaIDXPning mobil ilovasidan foydalangan holda taqdim etilsa, davlat organlari va tashkilotlar tomonidan bu ma’lumotlarning qog‘oz shaklini talab qilish taqiqlanadi;
- DXMga murojaat qilinganda pensionerlarga, homilador ayollarga va uch yoshga to‘lmagan bolasi bilan kelgan fuqaroga davlat xizmatlaridan navbatsiz foydalanish bo‘yicha imtiyoz beriladi;
- jismoniy shaxslarni Yagona identifikatsiya tizimida (OnelD) ro‘yxatdan o‘tkazishda muqobil tarzda shaxsni biometrik identifikatsiya qilish (Face ID) tartibi joriy etiladi;
- avtomototransport vositasi egasining ma’lumotlari o‘zgarganda eganing xohishiga ko‘ra avtomototransport vositasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza FHDYo organi yoki DXM tomonidan kompozit tartibda ichki ishlar organlariga yuboriladi;
- davlat xizmatlari markazlariga YaIDXP orqali joriy etilgan barcha davlat xizmatlari bo‘yicha aholi va tadbirkorlik sub’yektlariga xizmat ko‘rsatish huquqi beriladi;
- YaIDXP, DXM va "Lisenziya" AT orqali kelgan arizalar asossiz rad etilganda davlat xizmati uchun undirilgan davlat bojlari, yig‘imlar va boshqa to‘lovlarning bir qismi vakolatli organlar tomonidan fuqarolarga qaytariladi.
Mavzuga oid
17:49 / 19.05.2026
Ayrim pedagoglarga samolyot va poyezd chiptasi uchun chegirma berilishi mumkin
12:01 / 01.05.2026
Eng ko‘p soliq va bojxona imtiyozini olgan kompaniyalar ma’lum qilindi
22:38 / 08.04.2026
Muddatli harbiy xizmatchilar va harbiy xizmatni o‘tagan yoshlarga imtiyoz va kafolatlar beriladi
10:31 / 30.03.2026