Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
TIQXMMI Milliy tadqiqot universiteti xalqaro reytingda 547-pog‘onani egalladi
TIQXMMI milliy tadqiqot universiteti O‘zbekiston oliygohlari orasida ilk bor QS World University Rankings dunyo reytingida TOP 1000 talik universitetlar qatorida e’tirof etildi.

TIQXMMI milliy tadqiqot universiteti – yaqin istiqbolda dunyo reytinglariga kirishga da’vogar sifatida o‘zini global arenada "Ixtisoslashgan oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar markazi" sifatida ko‘rayotgan ta’lim muassasalaridan biri sanaladi.

2019 yilda O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasiga binoan respublikadagi kamida 10 ta oliy ta’lim muassasasini xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlar reytingida TOP 1 000 talikda va 2ta OTM birinchi 500 ta o‘rindagi oliy ta’lim muassasalari ro‘yxatiga kirish belgilangan edi. Joriy yilda TIQXMMI Milliy tadqiqot universiteti xalqaro reytingda 547-pog‘onani egalladi.
5 iyun kuni shu munosabat bilan universitetda o‘tkazilgan tadbirda universitet jamoasi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi vakillari va boshqa mehmonlar ishtirok etishdi. Universitet rektori Bahodir Mirzayev ta’lim muassasasi faoliyatida o‘quv va ilmiy salohiyatini yanada rivojlantirish haqida so‘z yuritdi.

“Xalqaro miqyosda nufuzini oshirish va mamlakatning barqaror rivojlanishi bo‘yicha mavjud muammolarga ilmiy yechimlarini topish va tadqiqotlar o‘tkazish orqali ta’lim, tadqiqot hamda salohiyatni rivojlantirish maqsadlariga alohida ahamiyat qaratishda jamoaning hamjihatlik va yuqori salohiyat bilan dadil qadamlari o‘z natijasi va samarasini beryapti. Jumladan, QS World University Rankings Sharqiy Yevropa Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha 2019 yilda 350 o‘rinda, 2020-yilda 300, 2021-yilda 211 o‘rinlarda bo‘lganmiz.
Shuningdek, 2022 yilda Osiyo va Tinch okean mintaqasida 337 o‘rinda, 2023 yilda esa 88 pog‘ona yuqorilab, 249 o‘rinni, Markaziy Osiyo universitetlari orasida 9 o‘rinda, Milliy tadqiqot universiteti, O‘zbekiston universitetlari orasida 1 o‘rinda e’tirof etilgandi.

QS Subjecs dunyo reytingida TIQXMMI Milliy tadqiqot universiteti fan sohalari (Muhandislik va texnologiyalar; Tabiiy fanlar; Ekologiya va atrof - muhit muhofazasi) bo‘yicha TOP 500 talik universitetlar qatoridan joy olib, Londonda QS xalqaro reyting agentligi tomonidan 2024 yilda barqaror rivojlanish sohasida dunyodagi eng yaxshi universitetlar reytingi “QS World University Rankings: Sustainability 2024”ning yangi ro‘yxati e’lon qilindi. “TIQXMMI” milliy tadqiqot universiteti (701-710) ilk bor eng kuchli universitetlar qatorida qayd etildi”, dedi oliygoh rektori.
Tadbirda e’lon qilinishicha, O‘zbekiston oliygohlari orasida ilk bor QS World University Rankings dunyo reytingida universitet TOP 1000 talik universitetlar qatorida 547 - o‘rinda e’tirof etilgan.
Rektor jumladan, shunga mos ravishda Universitetning yaqin va uzoq muddatlarga mo‘ljallangan strategik rivojlanish dasturi bo‘yicha erishiladigan reja va vazifalarni ham qayd etib o‘tdi.
Universitet matbuot xizmati
Mavzuga oid
15:31 / 24.06.2025
Milliy tadqiqot universitetida “Bitiruvchi - 2025” tadbiri o‘tkazildi
12:00 / 09.10.2024
“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti yana bir nufuzli reytingda dunyoning TOP-1000 talik universitetlari safidan joy oldi
14:00 / 25.10.2023
Milliy reytingda “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti birinchi o‘rinni egalladi
19:21 / 08.11.2022