Jahon | 10:37 / 11.09.2017
8655
1 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Koreya: KXDR fitnalar tufayli iqtisodiy tanazzulga yuz tutadi

Foto: RIA "Novosti"

Shimoliy Koreya raketa va yadro sinovlari uchun beqarorlik hamda iqtisodiy muammolar bilan tovon puli to‘laydi. Bu haqda Janubiy Koreya tashqi ishlar vaziri Kan Gyon Xva ma'lum qilgan.

«Shimoliy Koreya aqlsiz yo‘lga qadam qo‘ydi. U davom etayotgan fitnalar, tinchliksevar xalqaro hamjamiyat talablariga e'tibor bermayotgani tufayli beqarorlik hamda iqtisodiy muammolarga duchor bo‘ladi», - deya janubiy koreyalik vazir so‘zlarini keltiradi TASS.

Shu bilan birga, Kan Gyon Xvaning ma'lum qilishicha, Seul Koreya yarim orolidagi inqiroz tinch yo‘l bilan yechim topishi tarafdori bo‘lib qoladi.

Avvalroq KXDR AQShga «aziyat va jafo»ni va'da qilayotgani ma'lum qilingandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid