KXDRning bayonot berişiça, AQŞning sanksiyalari va bosimi "mutlaq uzoqni öylamaslik bosqiçi"ga kirdi. Pxenyan şu munosabat bilan Amerikaga nisbatan "ular şu paytgaça körmagan qat'iy çoralar körişni rejalaştirmoqda". Şimoliy Koreya TIV bayonotini KMTA e'lon qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
"AQŞ tomonidan KXDRning mavjud böliş va suveren huquqini töliq yöq qiliş maqsadidagi sanksiyalar va bosim mutlaq mas'uliyatsizlik bosqiçiga kirmoqda. AQŞ KXDRning vodorod bombasi sinovini ötkazişiga qarşi BMT Xavfsizlik kengaşida hiyla qiliş yöli bilan eng qat'iy "sanksiya rezolyutsiyasi"ni işlab çiqmoqçi", — deyiladi bayonotda.
TIV qayd etişiça, "öta qudratli termoyadro quroli"ni "AQŞ tomonidan körsatilayotgan barça duşmanona harakatlar va Koreya yarim oroli hamda mintaqaga xavf solayotgan yadro uruşi tahdidini kamaytiriş" vositasi sifatida işlab çiqdi.
"KXDR AQŞ harakatlarini diqqat bilan kuzatmoqda... KXDR mutlaq çoralarning har qanday şaklini qöllaşga tayyor. KXDR qöllaydigan bölğusi çoralar AQŞga şunçalik aziyat va oğriq yetkazadiki, ular öz tarixlarida bunday jabrga duç kelişmagan. … Dunyo KXDR amerikalik jinoyatçilarni qanday qilib tinçlantirganiga guvoh böladi", — deyiladi xabarda.
Bugun 11 sentabr kuni AQŞ BMT XK muhokamasiga KXDRga nisbatan yangi jazo çoralari böyiça rezolyutsiyani kiritişni rejalaştirgan. Bundan taşqari, BMT XK sanksiya qömitasining Pxenyan mavjud sanksiyalarga qançalik rioya qilayotganiga doir majlisi ham bölib ötadi.








