Navoiyda xonadonlarga davlat bayrog‘i o‘rnatilmoqda
Bu orqali fuqarolarda vatanparvarlik, yurtga muhabbat va sadoqat fazilatlarini shakllantirish maqsad qilingani aytilmoqda.
Navoiyda xonadonlarga davlat bayrog‘i o‘rnatilmoqda. Bu haqda Kun.uz’ga respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Navoiy viloyati bo‘limi rahbari Akram Muqimov xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, viloyat hokimi Normat Tursunov boshlab bergan tashabbusni ma’naviy-ma’rifiy soha vakillari, korxona, tashkilot va muassasalar rahbarlari davom ettiryapti. Bu orqali fuqarolar, ayniqsa, yoshlar qalbida faxr va iftixor tuyg‘usini mustahkamlash, vatanga muhabbat va sadoqat fazilatlarini shakllantirish maqsad qilingan.
O‘zbekistonda davlat bayrog‘iga nisbatan barchada ham yetarlicha hurmat shakllanmagan edi. Bunga uzoq yillar mobaynida davlat bayrog‘idan foydalanishda cheklovlar kiritilgani sabab bo‘lgan.
Ammo bugunga kelib vaziyat o‘zgardi: prezident tomonidan 2023 yil 7 iyulda imzolangan qonun bilan davlat bayrog‘idan foydalanilishi mumkin bo‘lgan holatlar kengaytirilgandi. Jumladan, bayroq va uning tasviri tushirilgan belgilardan jamoat joylarida, binolarda, yashash yoki ish joylarida, transport salonida foydalanish mumkinligi belgilangan.
Bu qonun qabul qilingunga qadar O‘zbekiston aholisi o‘z bayrog‘iga hurmat ko‘rsatmaydigan, uni milliy g‘ururi rasmzi sifatida ardoqlamaydigan kam sonli mamlakatlardan biri edi desak adashmagan bo‘lamiz.
Navoiy viloyati tashabbusi respublika darajasida ommalashtirilsa, bu fuqarolarda vatanparvarlik hamda yurtga sadoqat fazilatlarini shakllantirishi mumkin.
Mavzuga oid
14:48 / 18.12.2024
Navoiyda 33 yoshli erkak o‘ldirilib, Zarafshon daryosiga tashlab yuborildi
10:49 / 15.12.2024
Andijon va Navoiyda noqonuniy yer sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
13:10 / 11.12.2024
Navoiyda elektromontyor 12 kishining nomiga kredit olib, onlayn qimorga yutqazib qo‘ydi
16:26 / 07.12.2024