O‘zbekiston | 09:51
1033
2 daqiqa o‘qiladi

Navoiy viloyatini rivojlantirish bo‘yicha prezident qarori qabul qilindi

“2026 yilda Navoiy viloyatini barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilinib, viloyatning 2026 yilgi asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari hamda Karmana tumanida turizm infratuzilmasini rivojlantirish rejalari belgilandi.

2026 yil 11 fevral kuni “2026 yilda Navoiy viloyatini barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, Navoiy viloyatini 2026 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari etib qator yo‘nalishlarda o‘sish sur’atlarini ta’minlash belgilandi. Jumladan, yalpi hududiy mahsulot hajmining yillik o‘rtacha 7,9 foizga, sanoatning 7,8 foizga, bozor xizmatlarining 15,6 foizga, qishloq xo‘jaligining 5,7 foizga o‘sishiga erishish ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, viloyatni kambag‘allik va ishsizlikdan holi hududga aylantirish, aholi daromadlari barqaror o‘sishini ta’minlash hamda 4,5 ming nafar aholini mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga o‘qitish vazifalari belgilangan.

Qarorda Karmana ko‘chasini renovatsiya asosida milliy uslubdagi madaniy, turizm va xizmat ko‘rsatish markaziga aylantirish bo‘yicha ham aniq choralar nazarda tutilgan. Xususan, Qosim shayx xonaqohi va Mirsaid Bahrom tarixiy ziyoratgohlari restavratsiya qilinib, o‘zaro bog‘lanadi. Bundan tashqari, “Yangi avlod” istirohat bog‘i va “Karmana dehqon bozori” bilan uyg‘unlashtirgan holda “Qadimiy Karmana” turistik markazini tashkil qilish rejalashtirilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров

Mavzuga oid