Jahon | 18:39 / 24.04.2018
10160
1 daqiqa o‘qiladi

«Forsaj» multserialga aylanadi

Netflix «Forsaj» kinofranshizasi voqealari bo‘yicha animatsion serial suratga oladi. Bu haqda Deadline xabar bermoqda.

Bu Netflix va DreamWorks Animation Television kompaniyasining birinchi qo‘shma multserialiga aylanadi. Loyihaning ijrochi prodyusserlari Vin Dizel, Nil Moritts va Kris Morgan bo‘ladi – jonli harakatdagi «Forsajlar» prodyusserlari.

Foto: Netflix

«Forsaj» multfilmining bosh qahramoniga o‘smir Toni Toretto aylanadi. U Dominik Torettoning qarindoshidir. Toretto obrazi original filmlarda Vin Dizel tomonidan yaratilgan. Serial shourannerlari etib Tim Hendrik («Voltron: Afsonaviy himoyachi» animatsion seriali) hamda Bret Xaaland («Qirol Julianga shon-sharaflar bo‘lsin») tayinlandi. 

 

Mavzuga oid