Bir hafta oldin AQŞning öyinçoqlar işlab çiqaruvçi kompaniyasi Hasbro iştirokida 4 mlrd dollarlik bitim amalga oşirilgani ma'lum qilingan. E'tiborlisi, kompaniya bu summaga Kanadaning Entertainment One kompaniyasidan “Çöçqaça Pepp” mulseriali uçun huquqni sotib olgan. Tengrinews.kz uşbu bitim nimasi bilan e'tiborga loyiqligi haqida sözlab berdi.
Hasbröda My Little Pony, “Transformerlar” va “Monopoliya” brendlari mavjud. “Çöçqaça Pepp” mulseriali 40 dan köproq tilga tarjima qilingan, 180 davlatda namoyiş qilinadi. Xitoyning özida serial 34 mlrd marta tomoşa qilingan.
Serial 2004 yildan beri çiqarib kelinadi. OAV va ijtimoiy tarmoqlarlada multqahramon uçun 4 mlrd dollar berilişi köplab kompaniyalarning kapitallaşuvidan köproqligi muhokama qilinmoqda. Misol uçun, agar Rossiya kompaniyalari bilan taqqoslansa, mulserial Rossiyaning eng yirik aviakompaniyasi “Aeroflot”dan (1,8 mlrd dollar) 2 marta qimmatroq turadi.
Qozoğistonlik bloger Yerjan Raşevning ta'kidlaşiça, mulserial qahramoni “Xalik Bank”, KCell, Air Astana va “Kazaxtelekom”ni birgalikda olgandan qimmatroq turadi. “Butun “Kazmunaygaz” 4 ta çöçqaçaga teng ekan. Nazarimda, biz qandaydir notöğri iş bilan şuğullanayotgan körinamiz”, deb kinoya qilgan bloger.








