"Forsaj" filmi bilan tanilgan, marhum aktyor Pol Uokerning 18 yoşli qizi Midou Uoker otasining ölimida Porsche avtomobilsozlik kompaniyasi aybdorligini isbotlab, unga qarşi sudni yutib çiqdi. Aktyor 2013 yilda 41 yoşida xayriya poygasidagi iştiroki vaqtida avariya tufayli hayotdan köz yumgandi. Bu haqda People naşri xabar bermoqda. 

Midou Uoker Porsche ustidan 2015 yilda da'vo arizasi topşirgan. Qizning ta'kidlaşiça, otasining ölimiga Porsche Carrera GT maşinasi yölovçi örindiğidagi nosoz xavfsizlik kamari sabab bölgan. Uoker maşinada yölovçi sifatida ötirgan, maşinani esa uning dösti Pol Rojyer Rodas boşqargan. Rodas ham maşina çiroq ustuniga urilib yonib ketgandan söng dösti kabi halok bölgan.

Midouning aytişiça, Porsche vakillari ularning 2005 yilda işlab çiqarilgan maşinalarida nosozlik borligini bilişgan, biroq uni bartaraf etiş uçun heç qanday çora körişmagan. Qizning advokatlari aktyor aynan nosoz xavfsizlik kamari tufayli maşinadan çiqib keta olmagani va tiriklayin yonib ketganini isbotlaşga muvaffaq bölişgan. 

Kompaniya endi aktyorning qiziga tölaşi kerak böladigan tovon puli oşkor qilinmayapti. Şunisi ma'lumki, kompaniya va aktyorning qizi örtasidagi sud tortişuvlari haqidagi ma'lumotlar sir saqlanişi kerak bölgan, biroq ma'lumotlar sizib çiqiş oqibatida matbuotda paydo bölgan. Endi Porsche vakillariga avtomobillari xavfsizligi bilan boğliq köplab savollarga javob berişlariga töğri keladi.