“Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti talabasi bo‘lishga shoshiling va vaqtingizni boy bermang!

Foto: “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti
“Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti magistratura va masofaviy ta’limning quyidagi mutaxassisliklari bo‘yicha hujjatlarni qabul qilish 20 avgustga qadar davom etishini ma’lum qiladi. Hujjatlar qabuli universitetning rasmiy sayti https://admissions.univ-silkroad.uz/index.php orqali amalga oshiriladi.
Magistratura mutaxassisliklari (ta’lim ingliz tilida):
- Ziyorat turizmi
- Turizmda transport logistikasi
- Muzeyshunoslik
- Madaniy, tabiiy va aralash meros obektlarini boshqarish
Magistratura talabalari uchun har bir yo‘nalish bo‘yicha o‘qish uchun 4 ta davlat granti ajratilgan.
Masofaviy ta’lim yo‘nalishlari (o‘qitish tili – o‘zbek-rus tili):
Turizmni boshqarish
Yo‘nalishlar bo‘yicha turizm
Magistratura uchun kirish imtihonlari masalalari universitetning rasmiy veb-saytida ochilgan kirish qismida chop etiladi.
Eslatib o‘tamiz: “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetida ta’lim ingliz tilida olib borilib, o‘qishga kirish uchun IELTS (6,5 dan yuqori),TOEFL (79 balldan yuqori), CEFR (B2 darajasidan yuqori) sertifikati talab qilinadi. Hozirda muayyan sertifikatga ega bo‘lmagan abituriyentlarga talabalar safiga qabul qilinishi uchun sertifikatni 1 oktyabrgacha taqdim etish imkoni beriladi.
Agar abituriyent 2021 yil 20 avgustdan 1 oktyabrgacha bo‘lgan muddatda ingliz tilini bilish darajasi bo‘yicha milliy yoki xalqaro sertifikat bo‘yicha imtihonlarni topshirib, tegishli ball to‘plagan bo‘lsa, mazkur abituriyentlarning til bo‘yicha imtihon topshirish xarajatlari universitet tomonidan qoplab beriladi.
Ta’lim tili ingliz tilida olib boriladigan xorijiy oliy ta’lim muassasalari, shu jumladan ta’lim tili ingliz tilida olib boriladigan mamlakatimizdagi nodavlat va xususiy oliy ta’lim muassasalarining bitiruvchilari universitetning magistratura mutaxassisliklariga ro‘yxatdan o‘tishda ingliz tilini bilish darajasi bo‘yicha milliy yoki xalqaro sertifikat talab etilmaydi.
Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun universitet rasmiy sayti yoki quyidagi raqamlarga murojaat qilishingiz mumkin:
+998979110121 (Telegram, WhatsApp)
+998933483380
+998906010018
+998662406770
+998662408616
+998662408606
+998662406786
“Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti Ⓣ
Tavsiya etamiz
Urush tugadi, rahbar bunkerdan chiqdi – hafta dayjesti
Jahon | 18:43
Oshadigan nafaqalar, joriy etilayotgan eskrou tizimi va sog‘liqni saqlash sohasida yangi model – 1 iyuldan nimalar o‘zgaradi?
O‘zbekiston | 11:14 / 28.06.2025
Kredit olishga taqiq va Freeze xizmati: ularning farqi nima?
Jamiyat | 09:02 / 26.06.2025
Imtihon yaqin: bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti? – eng muhim savollarga rasmiylardan javoblar
O‘zbekiston | 12:11 / 25.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Avstraliya Tuvalu aholisi uchun maxsus iqlim vizasini beradi
Jahon | 22:37
-
Tramp TikTok uchun xaridorlar topganini ma’lum qildi
Jahon | 22:01
-
Eron bir necha oy ichida boyitilgan uranni ishlab chiqarishga qaytishi mumkin - MAGATE rahbari
Jahon | 21:53
-
Blue Origin kapsulasi 6 nafar turist bilan suborbital parvozni amalga oshirdi
Jahon | 21:48
Mavzuga oid

11:50 / 24.12.2020
«Ipak yo‘li» turizm xalqaro universiteti talabalariga tahsil davridayoq ishlash imkoniyati yaratilyapti

19:00 / 21.12.2020
«Ipak yo‘li» turizm xalqaro universitetida FLTAL konferensiyasi o‘tkazildi

15:45 / 29.09.2020
Azamat Akbarov turizm universitetiga qaytmoqda. Uning diplomi soxta ekani isbotlanmagani aytildi

19:13 / 13.01.2020